O‘zA O`zbek

16.04.2019 01:21 Chop etish versiyasi

GM Uzbekistan bu yil ikkita yoʻltanlamasni ishlab chiqaradi

GM Uzbekistan bu yil ikkita yoʻltanlamasni ishlab chiqaradi

Ushbu ikki avtomobil Chevrolet Captiva krossoveri oʻrnini egallaydi. 

GM Uzbekistan bu yil Chevrolet Equinox krossoverini va Chevrolet Trailblazer yoʻltanlamas mashinani ishlab chiqaradi

“Barchaga yoqadigan Chevrolet Captiva krossoveri oʻrniga 2019 yilda ikkita yangi avtomobil – Chevrolet Equinox krossoveri hamda Chevrolet Trailblazer yoʻltanlamasini ishlab chiqarishi rejalashtirilgan. Avtomobillar GM Uzbekistan zavodi negizida ishlab chiqariladi”, – deydi “Oʻzavtosanoat” rasmiylari. 

Biroz oldin GM Uzbekistan 2019 yilning uchinchi choragi oxirida SUV segmentida ikki yoʻltanlamas model namoyish qilishi haqida xabar bergan edi.

“Yaqin yilllarda yangi global platforma yaratamiz. Shuningdek, shu yildan boshlab biz SUV segmentida, yaʼni yoʻltanlamas, yirik uzelli ikki avtomobilni yigʻishni boshlaymiz. Captiva ishlab chiqarishni oʻtgan yil toʻxtatganmiz. Uning oʻrniga shu yilning uchinchi choragida ushbu segmentda ikki yangi avtomobil namoyish qilinadi”, – deydi “Oʻzavtosanoat” raisi oʻrinbosari Aziz Shukurov.

OʻzA
2 854