Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

06.11.2017 18:06 Chop etish versiyasi

Giyohvandlik hudud, chegara, millat tanlamaydi

O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan mutasaddi tashkilotlar bilan hamkorlikda noyabr-dekabr oylarida talaba-yoshlar o‘rtasida profilaktik tadbirlarni kuchaytirish maqsadida «Giyohvandlik – hudud, chegara, millat tanlamaydigan mudhish illat» mavzuida ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar o‘tkazish rejalashtirilgan.

Ana shunday tadbirlardan biri Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti qoshida tashkil etilgan O‘zbekiston – Yaponiya yoshlar innovatsiya markazida bo‘lib o‘tdi.

Unda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Narkotik moddalarni nazorat qilish milliy axborot-tahlil markazi mutaxassislari, Toshkent shahar narkologiya dispanseri vrach-onkologlari, professor-o‘qituvchilar, talaba-yoshlar ishtirok etdi.

Mamlakatimizda yosh avlodni sog‘lom va barkamol insonlar etib voyaga yetkazish, ularning zamonaviy bilim va kasb-hunarlarni egallashi, iste’dod va salohiyatini yuzaga chiqarish uchun barcha shart-sharoit yaratilayotgani ta’kidlandi.

Davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev tomonidan 2016-yil 14-sentabrda imzolangan "Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonuni bu borada muhim dasturilamal bo‘layotir.

Mamlakatimizda qonunbuzarlik, huquqbuzarlik, jinoyatchilik, giyohvandlik, odam savdosi va missionerlik kabi yot g‘oyalarga qarshi kurashish har bir fuqaroning burchidir.

Tadbirda shiddat bilan o‘zgarib borayotgan, g‘oyaviy tahdidlar, axborot xuruji, diniy ekstremizm va missionerlik harakatlari, terrorizm, turli xil oqimlar avj olayotgan bir davrda talaba-yoshlarda mafkuraviy immunitetni kuchaytirish muhim ahamiyat kasb etishi ta’kidlandi. Giyohvandlikning inson salomatligiga salbiy ta’siri, keltirib chiqaradigan asoratlari xususida so‘z yuritildi.

Talabalar mutaxassislardan o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldi.

Mohigul Qosimova, O‘zA
3 538






Все о погоде - Pogoda.uz