Prezidentimiz rahnamoligida aholi turmush sharoitini yuksaltirish, xususan, gaz, elektr, ichimlik suvi bilan ta’minlash borasida ulkan ishlar amalga oshirilmoqda. Bu sohada Jizzax viloyatida ham muayyan ishlar qilinmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 2-noyabrdagi “Elektr energiyasi va tabiiy gaz iste’molini hisobga olish tizimini takomillashtirish to‘g‘risida”gi qarori ijrosi doirasida viloyatda qish mavsumida xonadonlar va ijtimoiy soha obyektlarining tabiiy gaz bilan uzluksiz ta’minlanishiga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Jizzax shahrida 30 mingga yaqin iste’molchi tabiiy gazdan foydalanadi. Bu arzon va qulay yoqilg‘i “Markazgazta’minot” unitar korxonasining “Jizzaxshahargaz” filiali tomonidan iste’molchilarga 43,7 kilometr yuqori bosimli, 190 kilometr o‘rta va 243,5 kilometr past bosimli uzatish quvurlari orqali yetkazib berilmoqda.

Shahar hokimligining 2015-2016-yil qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish bo‘yicha ishlab chiqilgan dasturiga muvofiq, gaz uzatish tarmoqlarini rekonstruksiya qilish, mukammal va joriy ta’mirlash, gaz asboblarini texnik va proflaktik ko‘rikdan o‘tkazish ishlari nihoyasiga yetkazildi. 8,2 kilometr gaz uzatish quvuri rekonstruksiya qilindi, 20 kilometri bosim ostida texnik sinovdan, 16 kilometri maxsus asboblar orqali tekshiruvdan o‘tkazildi.

– Qish mavsumida tabiiy gazning me’yorda va uzluksiz bo‘lishi uzatish tarmoqlarining benuqson ishlashiga bog‘liqligi hisobga olinib, rekonstruksiya, ta’mirlash, proflaktik ko‘rikdan o‘tkazish ishlari to‘liq va sifatli bajarildi, – deydi “Jizzaxshahargaz” filiali rahbari Rustam Ahmadjonov. – Qish davrida gaz tarmog‘idagi nosozlik va ta’minotdagi uzilishlarni tezkorlik bilan bartaraf etish uchun filialning avariya dispetcherlik xizmati shay holatga keltirildi. Avariya xizmati maxsus jihozlangan “Damas” avtomashinasi, uzluksiz ishlaydigan telefon aloqasi bilan ta’minlandi.

Mavsumga hozirlik ko‘rishda ijtimoiy muassasalarga gaz uzatuvchi tarmoqlarni sozlash, kamchiliklarni bartaraf etishga alohida e’tibor qaratildi. Navro‘z mahallasining O‘zbekiston, Bog‘don, Jizzaxlik mahallasining Mustaqillik, “Bobur” mahalla fuqarolar yig‘inining Qaliya ko‘chalaridagi ijtimoiy muassasalar va xonadonlarga gaz uzatish tarmoqlarini rekonstruksiya qilish ishlari belgilangan muddatlarda bajarildi. Ta’lim va tibbiyot muassasalarining gaz uzatish tarmoqlari to‘liq proflaktik tekshiruvdan o‘tkazilib, kamchiliklar bartaraf etildi.

– Hududimizdagi yettita gaz taqsimlash shoxobchasi ta’mirlanib, sinovdan o‘tkazildi, – deydi “Ittifoq” mahalla fuqarolar yig‘ini raisi Rahima Rizayeva. – Gaz uzatish tarmoqlari va taqsimlash shoxobchalari sozligini tekshirish, proflaktik ko‘rikdan o‘tkazish jarayonlarida mutaxassislar bilan birgalikda mahallamiz faollari ham ishtirok etayotgani kamchiliklarni sifatli bartaraf etishga xizmat qilayotir.

Qishki isitish mavsumiga tayyorgarlik ishlarida shahardagi barcha mahallalarda jamoatchilik nazoratining amalga oshirilayotgani gaz korxonasi xodimlariga amaliy yordam bo‘lmoqda. Gazchilar va jamoatchilik vakillaridan iborat ishchi guruhlar korxona, muassasa hamda xonadonlarda bo‘lib, tushuntirish ishlari olib borayotir. Ushbu tadbirlarda tabiiy gazdan tejamkorlik bilan foydalanish, ayniqsa, iste’molchilarning tabiiy gazdan qarzdorligini undirishga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Gaz ta’minotida uzilishlar bo‘lmaydi