Mamlakatimizda boshqa ko‘plab sohalar qatori gaz ta’minoti sohasida tadbirkorlikka keng yo‘l ochilmoqda. Bunda Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning 2017-yil 20-apreldagi “Gaz ta’minoti tizimida bozor mexanizmlarini keng joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori muhim dasturilamal bo‘lmoqda.

Mazkur qaror gaz ta’minoti tizimini samarali boshqarishni ta’minlashga qaratilgan. Shu asosda sohani modernizatsiya qilish, texnik va texnologik qayta jihozlash uchun investitsiyalar jalb etiladi. Ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini oshirish hamda yetkazib berilgan tabiiy gaz uchun hisob-kitoblarni o‘z vaqtida amalga oshirish choralari ko‘riladi.

– 2017-yil 1-iyundan boshlab sohada xususiy operatorlar faoliyati bilan bog‘liq tajriba loyihalarini amalga oshirishga kirishildi, – deydi “O‘ztransgaz” aksiyadorlik kompaniyasi boshqaruvi raisining o‘rinbosari Ulug‘bek Ashurov. – Hozirgi kunda poytaxtimizda xususiy operatorga Bektemir tumanining «Bektemirtumangaz» ekspluatatsiya xizmati obyektlarini o‘tkazish mo‘ljallanmoqda. Bunday tajriba Qoraqalpog‘iston Respublikasi va barcha viloyatlarning bittadan tumanida amalga oshiriladi.

Aytib o‘tish kerakki, xususiy operatorlar tabiiy gaz sotishni ishonchli boshqaruv shartnomasiga asosan olib boradi. Ammo ular mulkchilik shaklidan qat’iy nazar, o‘tkaziladigan ochiq tanlovlarda g‘olib bo‘lib, tanlov talablariga javob bergan hamda yuridik maqomga ega bo‘lgan tashkilotlar bo‘lishi kerak.

E’tiborli jihati, sohada xususiy operatorlar litsenziya olmasdan, litsenziya talablari va shartlarini bajargan holda faoliyatni amalga oshirishi mumkin. Bu ularga yaratilgan qulaylik bo‘lib, kelgusida ular gaz savdosi hajmining 21 foizidan ko‘p bo‘lmagan komissiya mukofotini olishi ko‘zda tutilgani yaxshi daromad manbai ham bo‘ladi. Aholi xonadonlaridagi gaz jihozlarini taftishdan o‘tkazish va ta’mirlash, montaj ishlari, gaz tarmog‘iga ulash va undan ajratish kabi xizmatlar uchun to‘lanadigan mablag‘lar xususiy operator daromadining bir qismi bo‘lib, qo‘shimcha mablag‘ hisoblanadi.

Davlatimiz rahbarining qarori gaz ta’minotidagi uzluksizlikni ta’minlash barobarida sohada sog‘lom raqobat muhitini shakllantiradi.

Gaz iste’molchilariga shuni eslatib o‘tish o‘rinliki, 2017-yil 1-iyundan boshlab yetkazib berilgan tabiiy gazdan qarzi bo‘lib, tarmoqdan uzib qo‘yilgan iste’molchilardan gaz ta’minoti tarmoqlariga qayta ulanishi uchun eng kam oylik ish haqining ikki barobari miqdorida to‘lov undiriladi. 2017-yilning 1-oktabridan boshlab tabiiy gazni hisoblash uskunalari bo‘lmagan maishiy iste’molchilarga tabiiy gaz yetkazib berish tabiiy gazga belgilangan tarif miqdorining ikki barobari qo‘llanilgan holda amalga oshiriladi.

Iste’molchilarga tabiiy gazni hisoblash zamonaviy elektron uskunalarini xarid qilish va o‘rnatish «O‘ztransgaz» aksiyadorlik kompaniyasi mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi. Tabiiy gazni hisoblash uskunalari qiymatini iste’molchilar bir yil davomida to‘laydi.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Gaz ta’minotida bozor mexanizmi keng joriy etilmoqda