Jizzaxda viloyatdagi yirik sanoat korxonalari hamda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlari ishtirokida hududiy sanoat yarmarkasi va kooperatsiya birjasi o‘tkazildi.

Viloyat markazidagi “Yoshlar shaharchasi”da tashkil etilgan yarmarka maydonining kengligi, pavilyonlarga qo‘yilgan mahsulotlar turining ko‘pligi bilan oldingilaridan farq qildi. 2016-yilda o‘tkazilgan yarmarkada 260 tadbirkorlik subyekti o‘z mahsulotini namoyish qilgan bo‘lsa, joriy yilda ularning soni 316 tani tashkil etdi.

Prezidentimizning 2016-yil 5-oktabrdagi «Tadbirkorlik faoliyatining jadal rivojlanishini ta’minlashga, xususiy mulkni har tomonlama himoya qilishga va ishbilarmonlik muhitini sifat jihatidan yaxshilashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi farmoni ushbu an’anaviy sanoat yarmarkasi va kooperatsiya birjasiga tadbirkorlarning qiziqishi yanada oshishida muhim ahamiyat kasb etayotgani ta’kidlandi.

Ikki kun davom etgan yarmarkada viloyatdagi yirik sanoat korxonalari, tadbirkorlar yangi mahsulot ishlab chiqarish, mahsulotni sotish bo‘yicha ko‘plab foydali bitimlar tuzdi. Yarmarka davomida 15 milliard so‘mlikdan ortiq shartnomalar imzolandi.

“Jizzax” erkin iqtisodiy zonasida tadbirkorlar uchun yaratilayotgan keng qulaylik va imtiyozlar samarasi yarmarkada namoyish etilgan mahsulotlar salmog‘ida ham sezilib turdi. Erkin iqtisodiy zonada faoliyat yuritayotgan “ZTT Telecom”, “Smart vizion”, “Broadband Solutions” O‘zbekiston – Xitoy qo‘shma korxonalari, “Yorqin chiroqlar” O‘zbekiston – Janubiy Koreya qo‘shma korxonasi kabi yirik ishlab chiqaruvchilar mahsulotlari ishtirokchilarda katta qiziqish uyg‘otdi.

– Yarmarkada korxonamizda ishlab chiqarilayotgan 6 turdagi svetodiodli elektr lampalari bilan ishtirok etdik, – deydi “Yorqin shiroqlar” O‘zbekiston – Janubiy Koreya qo‘shma korxonasi bosh direktori X.Otaboyev. – Energiya tejamkor ushbu lampalarga ichki bozorda ham, xorijda ham talab ortayotir. Bugungi yarmarka mahsulotimizni sotishni ko‘paytirishda yana bir imkoniyat bo‘ldi.

Bu yil yarmarka ishtirokchilari orasida qishloq tumanlarida faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalar soni ko‘paydi. Zomin, G‘allaorol, Forish, Yangiobod, Zafarobod tumanlari korxonalari yangi mahsulotlari bilan ishtirok etdi.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Foydali bitimlar imzolandi