O‘zA O`zbek

13.08.2019 Chop etish versiyasi

Fitch Ratings: Xalq banki reytingi yana koʻtarildi!

Fitch Ratings: Xalq banki reytingi yana koʻtarildi!

Joriy yilning 12-avgustida Fitch Ratings xalqaro reyting agentligi Xalq banki reytingini “B+”dan “BB-” darajasiga koʻtardi. Bu esa bankning xalqaro moliya tashkilotlari bilan hamkorlik aloqalarini yanada kengaytirish hamda mijozlar ishonchini orttirishga xizmat qiladi.

Bu nimani anglatadi?

Xalq bankiga berilgan uzoq muddatli emitent defolt reytinglari Fitch Ratings agentligi fikrini aks ettirib, zarurat tugʻilganda davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlanish ehtimoli borligini bildiradi. Shuningdek, ushbu koʻrsatkich bankning barqaror va ijobiy, istiqbolli moliyaviy vaziyatga ega ekanini anglatadi. 

Xalq banki Oʻzbekistonda eng koʻp filiallar tarmogʻiga ega boʻlib, uning 1100 dan ortiq boʻlimlari mavjud. Joriy yilning birinchi yarim yilligi oxirida bank tizim aktivlarining 5 foizi, kreditlarning 4 foizi va omonatlarining 7 foiziga ega boʻlgan Oʻzbekistondagi beshinchi yirik bank boʻldi.

Shuningdek, Xalq banki hukumatning pensiya va ijtimoiy toʻlovlar agenti sifatida faoliyat koʻrsatishi, shuningdek, butun Oʻzbekistonning doimiy daromadga ega aholisi uchun pensiya jamgʻarmalarini toʻplaydi va boshqaradi.

Eng muhimi, xalqaro moliya tashkilotlaridan jalb qilinadigan sarmoyalar solmogʻi ortib, unga foizlar pasayadi. Bu esa Xalq bankining resurs bazasini yanada mustahkamlaydi.

Xalq banki Axborot xizmati

4 693
O'zA