Farg‘ona viloyatining Farg‘ona tumanidagi asalarichilik ishlab chiqarish o‘quv markazida asalarichilikni rivojlantirish masalalariga bag‘ishlangan seminar bo‘lib o‘tdi. Unda Farg‘ona, Andijon, Namangan, Buxoro, Sirdaryo viloyatlaridan mutaxassislar qatnashdi.

Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan izchil islohotlar bozorlarimizning to‘kinligini ta’minlab, aholiga sifatli, arzon va servitamin oziq-ovqat mahsulotlari yetkazib berishga xizmat qilayotir. Xususan, asalarichilikni yanada rivojlantirish, sohadagi ilg‘or tajribalarni keng ommalashtirishga qaratilayotgan alohida e’tibor o‘z samarasini bermoqda.

Prezidentimizning 2017-yil 16-oktabrdagi “Respublikamizda asalarichilik tarmog‘ini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori soha rivojida yangi bosqichni boshlab berdi.

Mazkur seminarda asal mahsulotlari ishlab chiqarishning texnologik jarayonlarini tizimli tashkil etish, asalari paketlari yetishtirish va ozuqa bazasini mustahkamlash, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish, shuningdek, asal yetishtirish jarayoniga ilmiy asoslangan usullar va zamonaviy texnologiyalarni joriy etish borasidagi tajribalar haqida so‘z yuritildi.

– Viloyatimizda yil davomida 10 milliard so‘mlik asalari mahsuloti ishlab chiqariladi, – deydi Farg‘ona viloyati asalarichilari uyushmasi raisi Sherali Suyarqulov. – Asalarilarning ekinzorlarni changlatishi evaziga esa qishloq xo‘jaligida qo‘shimcha daromadga erishilmoqda. Prezidentimiz tomonidan qabul qilingan qarorda asalarichi tadbirkorlar uchun o‘quv mashg‘ulotlari tashkil etish ham belgilangan. Asal yetishtirish va uni eksport qilishda dunyoning yetakchi davlatlaridan biri sanalgan Turkiya tajribasi hamkasblarimizning kelajakdagi yutuqlariga yo‘l ochadi.

Prezidentimiz shu yil 22-23-iyun kunlari Farg‘ona viloyatiga tashrifi chog‘ida mazkur o‘quv markazida bo‘lib, bu yerda olib borilayotgan ishlar bilan tanishdi. Asalarichilikni rivojlantirish, soha mutaxassislarini tayyorlash bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi. Ayni kunlarda bu borada keng ko‘lamli ishlar olib borilmoqda. Mazkur seminar ham ana shulardan biridir.

– Hozir 350 asalari oilasini parvarish qilmoqdamiz, – deydi Namangan shahrilik tadbirkor Burhonjon Sattorov. – Seminarda bu boradagi xalqaro tajribani o‘zlashtirganimiz ayni muddao bo‘ldi. Endi ularni viloyatdagi hamkasblarim bilan o‘rtoqlashishni rejalashtirib qo‘ydim. Qolaversa, bol eksportini yo‘lga qo‘yish, asalarilarni ko‘paytirishda zamonaviy uslublarni faoliyatimizga kengroq tatbiq etishni maqsad qildik.

Ishtirokchilar seminarda ishlab chiqarish o‘quv markazida yaratilgan sharoitlar, asalari uyalari ishlab chiqarish uchun yog‘och va zarur materiallar, asal yetishtirish va uni qayta ishlash hajmlarini ko‘paytirish, asalari kasalliklari va zararkunandalariga qarshi qo‘llaniladigan veterinariya dori vositalari va preparatlar bilan tanishdi.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Farg‘onada yil davomida 10 milliard so‘mlik asalari mahsuloti ishlab chiqariladi