O‘zA O`zbek

19.09.2019 Chop etish versiyasi

Eski namunadagi tanga va banknotlar muomaladan chiqariladi

Eski namunadagi tanga va banknotlar muomaladan chiqariladi

25 so‘mlik va undan kichik nominal qiymatdagi tangalar va banknotlarni muomaladan qaytarib olish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlandi.

Mazkur Nizomga ko‘ra, Markaziy bank tomonidan muomalaga chiqarilgan 1, 3, 5, 10, 20, 50 tiyinlik, 1, 5, 10, 25 so‘mlik qiymatidagi tangalar, shuningdek 1, 3, 5, 10, 25 so‘mlik eski namunadagi banknotlar (qog‘oz pullar) 2020 yil 1 martdan boshlab qonuniy to‘lov vositasi sifatida o‘z kuchini yo‘qotadi.

Ushbu tanga va banknotlar hech qanday monelik, cheklovlarsiz, to‘lov yoki vositachilik haqi undirilmagan holda:

2020 yil 1 martga qadar Hisob-kitob kassa markazlari, tijorat banklari va ularning filiallari tomonidan;

2020 yil 1 martdan 2021 yil 1 yanvarga qadar esa faqat Hisob-kitob kassa markazlari tomonidan almashtirib beriladi.

Muomaladan qaytarib olinadigan eski namunadagi tanga va banknotlarning ayirboshlash muddati 2021 yil 1 yanvargacha etib belgilandi.

Bunda hisob-kitoblar mijozlar va aholining talabiga asosan: bank plastik kartasi hisobvaraqlariga kirim qilinish orqali (to‘liq qiymatda); muomaladagi tanga va banknotlarga ayirboshlab berish orqali; mijozlarning tegishli hisobvaraqlariga, fuqarolarning arizasiga asosan omonatga kirim qilish orqali; kommunal va boshqa bir martalik to‘lovlar uchun qabul qilish orqali amalga oshiriladi.

3 158
O‘zA