O‘zA O`zbek

20.07.2020 Chop etish versiyasi

Eng koʻp “Cobalt” avtomobili ishlab chiqarildi

Eng koʻp “Cobalt” avtomobili ishlab chiqarildi

Davlat statistika qoʻmitasidan xabar berishlaricha, oʻtgan olti oyda Oʻzbekistonda 37 682 dona “Cobalt” avtomobili ishlab chiqarildi. Bu oʻtgan yilning shu davriga nisbatan 154,2 foiz oʻsish demakdir.

Eslatib oʻtamiz, iyun oyida 7557 dona “Cobalt” avtomobili ishlab chiqarilgan boʻlib, 2020-yilning boshqa oylariga qaraganda eng koʻp koʻrsatkichni qayd etdi. Avtomobil ishlab chiqarish sanoatida 2020-yilning yanvar-iyun oylarida 35 050 dona “Nexia T-250” bu oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 99,9 foiz va Labo 3478 yaʼni 90,7 foiz ishlab chiqarildi. Shuningdek, avtomobil turlarini ishlab chiqarish hajmi nisbat oʻsganini koʻrish mumkin. 37 682 dona “Cobalt” (154,2 %), 26 047 dona “Lacetti-Gentra” (133,0 %), 26 687 dona “Damas” (115,8 %), 14 511 dona “Spark” 160,4 foiz koʻp.

10 916
OʻzA