«Toshkent shahar elektr tarmoqlari korxonasi» aksiyadorlik jamiyati tomonidan poytaxtimiz energiya ta’minoti tizimini rekonstruksiya va modernizatsiya qilish bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda.

«Toshkent shahar elektr tarmoqlari korxonasi» aksiyadorlik jamiyati tomonidan poytaxtimiz energiya ta’minoti tizimini rekonstruksiya va modernizatsiya qilish bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda. Bu borada zamonaviy energiya uskunalari, energiya o‘tkazuvchanligi yuqori bo‘lgan izolatsiyalangan simlar va polietilendan tayyorlangan kabellardan foydalanish evaziga shahar energiya tarmoqlarining ishonchli ishlashini sezilarli darajada oshirish rejalashtirilmoqda.

Elektr tizimlarining ishonchli ishlashi ularning quvvati, rivojlanish istiqbollari va avariya holatlariga bardoshliligini belgilaydigan muhim omildir. Energiyaga talab tobora ortib borayotgan bugungi kunda elektr tarmoqlarini muntazam modernizatsiya qilish va sohaga ilm-fan yutuqlarini joriy etish orqali ularning ishonchlilik darajasi ta’minlanmoqda. Iqtisodiyoti va sanoati jadal rivojlanayotgan O‘zbekistonda ham elektr energiyasiga bo‘lgan talab va ehtiyoj ortmoqda. Bu esa mamlakatimiz elektr tarmoqlarining ishonchli ishlashini yanada oshirishni taqozo etadi.

Poytaxtimizda elektr energiyasiga bo‘lgan talab muttasil oshayotir. Bu, avvalo, aholi farovonligi yuksalib, tadbirkorlikni rivojlantirish uchun yaratilayotgan qulay sharoitlar bilan bog‘liq. Ayni paytda Toshkent shahar elektr tarmoqlariga 595 mingdan ziyod jismoniy va 18 mingdan ortiq yuridik iste’molchi ulangan. Bularning barchasi elektr ta’minoti tarmoqlarini muntazam kengaytirish, elektr uzatish liniyalarining o‘tkazuvchanlik qobiliyatini va transformator nimstansiyalari quvvatini oshirishni talab etadi. Shu munosabat bilan «Toshkent shahar elektr tarmoqlari korxonasi» aksiyadorlik jamiyati tomonidan tarmoqlar modernizatsiya qilinmoqda, eskilari almashtirilib, kapital ta’mirlanmoqda. Bu boradagi ishlarni amalga oshirishda asosan mamlakatimizda ishlab chiqarilayotgan kabel va energetika mahsulotlari, uskuna va materiallardan foydalanilmoqda.

Aksiyadorlik jamiyati mutaxassislari shahrimizdagi barcha uchastka va energiya ta’minoti tizimlarini tekshiruvdan o‘tkazdi. 159 uchastka va obyektda hozirgi kunda modernizatsiya ishlari amalga oshirilmoqda. Xususan, 9 yangi transformator nimstansiyasini o‘rnatish va eskilarini zamonaviy 42 transformatorga almashtirish ko‘zda tutilgan. Bu poytaxtimiz tumanlarini elektr energiyasi bilan ishonchli ta’minlash va sifatini oshirish imkonini beradi. Bu borada amalda foydalanib kelinayotgan simlardan ko‘pgina afzalliklari bilan ajralib turadigan energiya o‘tkazuvchanligi yuqori izolatsiyalangan zamonaviy simlar keng qo‘llanilmoqda. Ushbu simlar konstruksiyasi elektr energiyasiga yashirincha ulanib olishga yo‘l qo‘ymaydi. Poytaxtimizda 176 kilometrdan ziyod shunday zamonaviy sim tortiladi.

Er ostidagi yuqori voltli elektr liniyalarini modernizatsiya qilish va qayta yotqizishda mamlakatimizda polietilendan ishlab chiqarilayotgan pishiq, ishonchli va foydalanish muddati uzoq bo‘lgan kabellar qo‘llanilayotir. Belgilangan texnik talablarga ko‘ra, kabelning metall o‘zagi bir necha qoplamadan iborat bo‘lib, ularning biri signal berish vazifasini o‘taydi. Yer osti elektr uzatish liniyalari mexanik shikastlanganda, signal beruvchi qoplama necha metr joy shikastlanganini aniqlash va zarur ta’mirlash-tiklash ishlarini bajarish imkonini beradi. Bunday kabellar 50-yilgacha xizmat qiladi. Ishlab chiqilgan dasturga muvofiq, 54 kilometrdan ziyod yuqori kuchlanishli yer osti kabellarini zamonaviy kabellarga almashtirish rejalashtirilgan.

Shuningdek, poytaxtimizning Sirg‘ali tumanida barpo etilayotgan 102 uyni markazlashgan energiya ta’minoti tizimiga ulash ishlari amalga oshirilmoqda. Bu yerda 12 yangi transformator nimstansiyasi o‘rnatilib, 27 kilometrdan ziyod yuqori kuchlanishli elektr liniyalari o‘tkaziladi.

Bir so‘z bilan aytganda, Toshkent shahrida energiya ta’minoti tizimini rivojlantirish va modernizatsiya qilish poytaxtimiz iqtisodiy taraqqiyoti va aholi farovonligini yuksaltirishda muhim omil bo‘lib xizmat qiladi.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Energiya ta’minoti tizimi samaradorligi ortmoqda