Sugʻorish tarmoqlarida (kanallarda) baliq yetishtirish tartibi belgilandi.

Adliya vazirligida “Sugʻorish tarmoqlarida (kanallarda) baliq yetishtirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi buyruq davlat roʻyxatidan oʻtkazildi. Bu haqida vazirlikning “Huquqiy axborot” kanali maʼlum qilmoqda.

Unga koʻra, sugʻorish tarmogʻida baliq yetishtirish sugʻorish tarmogʻining chuqurligi yoki sayozligidan kelib chiqqan holda qafaslarda yoki sugʻorish tarmogʻining qirgʻoqlarini toʻr bilan toʻsish orqali amalga oshiriladi.

Bunda, sugʻorish tarmoqlarida baliq yetishtirish qafaslarda suvning sathi 2,5 metrdan kam boʻlmagan joylarda, suv sathi 2,5 metrdan past boʻlgan joylarda sugʻorish tarmogʻining qirgʻoqlarini toʻr bilan toʻsish yoʻli orqali amalga oshiriladi.

Baliq yetishtirish sugʻorish tarmogʻining texnik holatiga hamda suv oqimiga taʼsir koʻrsatmaydigan joylarda amalga oshirilishi shart.

Sugʻorish tarmoqlarida baliq yetishtirishni rejalashtirayotgan shaxs baliq yetishtirishdan oldin tegishli hududdagi Tuman irrigatsiya boʻlimini yozma ravishda xabardor qiladi.

Tuman irrigatsiya boʻlimi baliq yetishtirish rejalashtirilayotgan sugʻorish tarmogʻidan foydalanish hamda u bilan bogʻliq masalalar yuzasidan tegishli tavsiyalar beradi.

Tuman irrigatsiya boʻlimi baliq yetishtirishni rejalashtirayotgan shaxsni sugʻorish tarmogʻida bajarilishi rejalashtirilgan taʼmirlash ishlari hamda boshqa amalga oshirilishi lozim boʻlgan tashkiliy ishlar haqida oldindan ogohlantirishi zarur.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Endi sugʻorish tarmoqlarida ham baliq yetishtiriladi