Poytaxtimizda Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki huzuridagi Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlarining eksportini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi hamda O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi hamkorligida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

Unda tadbirkorlarga bozor talablarini o‘rganish asosida o‘z mahsulot va xizmatlarini eksport qilish imkoniyatlarini kengaytirish, ishonchli hamkorlar topishda ko‘maklashish masalalari muhokama qilindi.

Mamlakatimizda xususiy tadbirkorlik faoliyatini hamda xorijiy investitsiyalar jalb etilishini rag‘batlantirishga qaratilgan izchil chora-tadbirlar tufayli qulay ishbilarmonlik muhiti ta’minlanayotir.

Davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyevning 2016-yil 5-oktabrdagi «Tadbirkorlik faoliyatining jadal rivojlanishini ta’minlashga, xususiy mulkni har tomonlama himoya qilishga va ishbilarmonlik muhitini sifat jihatidan yaxshilashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi farmoni qulay ishbilarmonlik va investitsiyaviy muhitni yanada yaxshilashda muhim omil bo‘lmoqda.

Mamlakatimizda paxta, aralash va ipak gazlamalar, tikuvchilik, trikotaj, bosh kiyimlar, paypoqlar, to‘qimachilik galantereyasi va furniturasi ishlab chiqarayotgan korxonalar 2020-yilning 1-yanvariga qadar daromad solig‘i, mol-mulk solig‘i, kichik korxonalar va mikrofirmalar yagona soliq to‘lovi, Respublika yo‘l fondi to‘lovlaridan ozod qilingan. Yengil sanoat korxonalarining eksport salohiyatini oshirishga qaratilgan muhim omillardan yana biri 2017-yilning 1-yanvaridan eksport faoliyatidan olingan valyuta daromadini davlatga sotish majburiyatining bekor qilinganidir.

Davra suhbatida tadbirkorlar va ishlab chiqarish korxonalarini eksport faoliyatiga keng jalb qilish, ularning mahsulotlarini xorijiy bozorlarga eksport qilish, eksport geografiyasini yanada kengaytirish va ushbu sohadagi eksportbop mahsulot ishlab chiqaruvchilarda yuzaga kelayotgan muammoli masalalar keng muhokama qilindi. Tadbirkorlarga mahsulotlarni tashqi bozorlarga yetkazishda logistika tizimini samarali tashkil qilish bo‘yicha zarur tavsiyalar berildi.

– Joriy yilning yanvar-mart oylarida 627 tadbirkorlik subyektiga mahsulot va xizmatlarni eksport qilishda tashkiliy, huquqiy va moliyaviy xizmatlar ko‘rsatildi, – deydi Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlarining eksportini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi marketing bo‘limi boshlig‘i Marat Jo‘rayev. – Amalga oshirilgan ishlar natijasida 270 million dollarlik mahsulot eksport qilindi.

Davra suhbatida mutaxassislar tomonidan tadbirkorlikka doir qonunchiligimizga kiritilgan o‘zgartirish va yangiliklar, imtiyoz va qulayliklar to‘g‘risida atroflicha ma’lumot berildi.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Eksportni yuksaltirish muhokama qilindi