Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

07.09.2017 18:42 Chop etish versiyasi

Eksportda yangi imkoniyatlar ​

Poytaxtimizda davom etayotgan II Xalqaro meva-sabzavot yarmarkasi doirasida “Meva-sabzavot mahsulotlari eksporti: yangi imkoniyatlar va dolzarb vazifalar” mavzuida biznes-seminar o‘tkazildi.

Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi tashabbusi bilan “O‘zbekoziqovqatxolding” xolding kompaniyasi, Tadbirkorlik va fermerlikni qo‘llab-quvvatlash markazi hamkorligida tashkil etilgan tadbirda turli vazirlik va idoralar, deputatlik korpusi vakillari, tadbirkorlar va fermerlar ishtirok etdi.

– Saxovatli o‘zbek zaminida yetishtirilayotgan meva va sabzavotlarning dunyoda dovrug‘i oshib bormoqda, – deydi «O‘zbekoziqovqatxolding» xolding kompaniyasi boshqaruvi raisi o‘rinbosari A.Qambarov. – O‘tgan yilgi meva-sabzavot yarmarkasida bir million to‘rt yuz tonnadan ziyod mahsulot yetishtirib berish bo‘yicha shartnoma tuzildi. Bu yil mazkur ko‘rsatkich yanada ko‘proq bo‘lishi kutilmoqda.

Seminarda meva-sabzavot mahsulotlarini sertifikatlashtirish va standartlashtirishning yangi tizimi, “O‘zagroeksport” kompaniyasi qoshida meva-sabzavot mahsulotlarini sertifikatlashtirish bo‘yicha zamonaviy laboratoriyalar faoliyatini yo‘lga qo‘yish, sertifikat olish tartibini soddalashtirish zarurligi qayd etildi.

Tadbirda «O‘zbekoziqovqatxolding» xolding kompaniyasi, «O‘zagroeksport» ixtisoslashgan tashqi savdo kompaniyasi, Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlarining eksportini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi, “O‘zvinosanoat-xolding” kompaniyasi, “O‘ztreyd” aksiyadorlik jamiyati, O‘zbekiston Fermerlari kengashi, Tadbirkorlik va fermerlikni qo‘llab-quvvatlash markazi o‘rtasida eksportga ko‘maklashish bo‘yicha memorandum imzolandi.

Sayyora Shoyeva, O‘zA
2 129






Все о погоде - Pogoda.uz