O‘zA O`zbek

30.08.2019 Chop etish versiyasi

Eksportbop tikuv-trikotaj mahsulotlari

Eksportbop tikuv-trikotaj mahsulotlari

Zarafshon shahridagi “AMESSA ZARAFSHON” mas’uliyati cheklangan jamiyati shaklidagi xorijiy korxona joriy yildan tikuv-trikotaj mahsulotlari ishlab chiqara boshladi.

Turkiya bilan hamkorlikda tashkil etilgan korxonada ayni paytda 130 nafar ishchi-xodim mehnat qilmoqda. Ish ikki smenada tashkil etilgan bo‘lib, xodimlarning samarali mehnat qilishi uchun zarur sharoit yaratilgan.

Ta’kidlash joizki, mazkur yirik loyiha yengil sanoat va hudud iqtisodiyotining asosiy tarmoqlaridan biri bo‘ldi. Yana muhim jihati, bu yerda tayyorlanayotgan sifatli mahsulotlar jahon bozorlari sari yo‘l olmoqda. Xususan, korxona mahsulotining birinchi to‘plami eksport uchun Amerika Qo‘shma Shtatlariga jo‘natildi.


photo5424935048429284559.jpg

photo5424944815184915457.jpg

photo5425093322269108946.jpg

6 621
Siroj ASLONOV (surat), O‘zA