Iqtisodiy islohotlarni yanada chuqurlashtirish, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan izchil islohotlar samarasida yetishtirilayotgan paxta tolasini yurtimizda qayta ishlash hajmi ortmoqda.

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev rahnamoligida tadbirkorlarga yaratilayotgan sharoitlar, qulay ishbilarmonlik muhiti bunda muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi “Nukus textile” mas’uliyati cheklangan jamiyatida ishlab chiqarilayotgan ip-kalava va trikotaj mahsulotlari tashqi bozorda ham allaqachon o‘z xaridorini topgan. 2016-yil iyun oyida “Massaget textile” mas’uliyati cheklangan jamiyati muassisligida qayta tashkil etilgan korxonada o‘z mablag‘i hamda “O‘zbekengilsanoat” aksiyadorlik jamiyati ko‘magida 1 ming 109 tonna paxta tolasi keltirilib, to‘kimachilik mahsulotlari va iste’mol mollari ishlab chiqarish kengaytirildi.

O‘tgan yilning iyul-dekabr oylarida 7 milliard 218 million 389 ming so‘mlik ip-kalava ishlab chiqarildi. 916 ming dollarlik mahsulot eksport qilindi. Joriy yilning o‘tgan davrida 532 ming dollarlik mahsulot xorijlik hamkorlarga yetkazib berildi.

Korxonada ish uch smenada tashkil etilgan. 300 dan ziyod ishchi mehnat qilayotgan korxonada zamonaviy sharoitlar yaratilgan. Ishchilar maxsus kiyim, issiq ovqat bilan ta’minlangan, tibbiy xizmat ko‘rsatish yo‘lga qo‘yilgan.

– Paxta tolasini qayta ishlashdan tortib, tayyor mahsulot ishlab chiqarishgacha bo‘lgan barcha jarayon komputer yordamida amalga oshiriladi, – deydi korxona rahbari Abdimo‘min Kattaqulov. – Tikuv sexida 8-10 turdagi import o‘rnini bosuvchi mahsulot ishlab chiqarilmoqda. Bu yerda asosan kasb-hunar kollejlarini bitirgan hamda bandlikka ko‘maklashish markazi tomonidan kasbga qayta o‘qitilgan mutaxassislar mehnat qilmoqda. Ayni paytda Shveytsariyaning "Rieter" kompaniyasi bilan hamkorlikdagi investitsiya loyihasi doirasida 3 million 500 ming dollarlik zamonaviy texnologiyalar keltirib o‘rnatish rejalashtirilgan. Yangi ishlab chiqarish liniyasi 2018-yilda ishga tushiriladi. Bu korxonaning eksport salohiyatini yanada oshirish, yangi ish o‘rinlari yaratish imkonini beradi.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Eksportbop mahsulot ishlab chiqarish kengaymoqda