O‘zA O`zbek

07.05.2020 Chop etish versiyasi

“E-IJRO AUKSION” orqali 1 soʻmdan boshlab davlat obyektlarini sotib oling

“E-IJRO AUKSION” orqali 1 soʻmdan boshlab davlat obyektlarini sotib oling


Tadbirkorlik faoliyatini yoʻlga qoʻyishni maqsad qilgan, biroq ham bino sotib olishga, ham biznesga investitsiya kiritishga imkoniyati boʻlmagan yurtdoshlarimiz uchun Davlat aktivlarini boshqari agentligi huzuridagi e-auksion.uz yagona elektron savdo maydonchasi orqali davlat mulki obyektlarini sotib olish ayni muddao.

Uyingizda turib elektron onlayn auksionlarda qatnashish yana-da qulay, 90 dan ortiq boshlangʻich narxi 1 soʻm boʻlgan davlat mulki obyektlari taklif etilmoqda.

Ushbu boʻsh turgan bino-inshootlarni xarid qilish orqali biznes uchun katta imkoniyatga ega boʻlish mumkin. Tadbirkor bino qurish uchun pul mablagʻlarini sarflamaydi, qisman taʼmirlash orqali yaxshigina binoga ega boʻladi.

Boshlangʻich narxi 1 soʻm boʻlgan binolarni sotib olgan auksion ishtirokchisi maʼlum miqdordagi investitsiyani kiritishi hamda ijtimoiy majburiyatlarni qabul qilishi talab etiladi. Obyektlarni sotib olish orqali faqatgina biznes faoliyati uchungina mablagʻ sarflanadi. Bu esa investitsiya majburiyatlarining oʻz vaqtida bajarilishiga olib boradi.

Davlat aktivlarini boshqari agentligi huzuridagi “E-IJRO AUKSION” yagona elektron savdo maydonchasida turgan davlat mulki obyektlarining ayrimlari bilan tanishing:

Samarqand viloyatidagi QVP boʻsh turgan eski binosi

Boshlangʻich narxi: 1 soʻm

Investitsiya miqdori: 800 mln.soʻm

Ish oʻrni: 10 ta

Majburiyatlarni bajarish muddati: 12 oy

Auksionni oʻtkazish muddati: 14.05.2020

Batafsil: https://e-auksion.uz/lot-view?1&lot_id=201925

Toshkent viloyatidagi sobiq 32-sonli maktab filiali binosi

Boshlangʻich narxi: 1 soʻm

Investitsiya miqdori: 500 mln.soʻm

Ish oʻrni: 15 ta

Majburiyatlarni bajarish muddati: 18 oy

Auksionni oʻtkazish muddati: 14.05.2020

Batafsil: https://e-auksion.uz/lot-view?14&lot_id=201971

Toshkent viloyatidagi boʻsh turgan dam olish maskani

Boshlangʻich narxi: 1 soʻm

Investitsiya miqdori: 25 mlrd.soʻm

Ish oʻrni: 50 ta

Majburiyatlarni bajarish muddati: 18 oy

Auksionni oʻtkazish muddati: 14.05.2020

Batafsil: https://e-auksion.uz/lot-view?2&lot_id=201989

Xorazm viloyatidagi sobiq Terapiya boʻlimi binosi

Boshlangʻich narxi: 1 soʻm

Investitsiya miqdori: 2 mlrd.soʻm

Ish oʻrni: 35 ta

Majburiyatlarni bajarish muddati: 10 oy

Auksionni oʻtkazish muddati: 14.05.2020

Batafsil: https://e-auksion.uz/lot-view?13&lot_id=201941

Qashqadaryo viloyatidagi sobiq yozgi klub binosi

Boshlangʻich narxi: 1 soʻm

Investitsiya miqdori: 100 mln.soʻm

Ish oʻrni: 2 ta

Majburiyatlarni bajarish muddati: 24 oy

Auksionni oʻtkazish muddati: 14.05.2020

Batafsil: https://e-auksion.uz/lot-view?5&lot_id=201986

Uyingizdan turib, elektron onlayn auksionlarda ishtirok eting va davlat aktivlarini xarid qiling.

“Elektron onlayn-auksionlarni tashkil etish markazi” DUK PR-xizmati


11 113
O'zA