O‘zA O`zbek

02.09.2020 Chop etish versiyasi

e-auksion.uz saytida tadbirkorlik uchun yer uchastkalari savdosi qizgʻin kechmoqda

e-auksion.uz saytida tadbirkorlik uchun yer uchastkalari savdosi qizgʻin kechmoqda


Bugungi onlayn auksionlarda tadbirkorlik va koʻp qavatli turar joy qurish uchun moʻljallangan yer uchastkalariga boʻlgan huquqlar realizatsiya qilindi. Auksion savdolari qizgʻin va kurashlarga boy tarzda oʻtdi. Gʻolib ishtirokchilar aniqlangan ayrim savdolar natijasi bilan tanishing.

Koʻp qavatli turar joy qurish uchun yer uchastkalari:

1. Navoiy viloyati, Navoiy shahri, Sputnik qoʻrgʻonidagi boshlangʻich narxi 72,2 mln. soʻm boʻlgan 0,092 gektar yer uchastkasi uchun 1,2 mlrd. soʻm narx tasdiqlandi;

photo_2020-09-02_18-14-28.jpg

2. Xorazm viloyati, Urganch shahridagi boshlangʻich narxi 4,3 mln. soʻm boʻlgan 0,04 gektar yer uchastkasi uchun 613,8 mln. soʻm narx tasdiqlandi.

photo_2020-09-02_17-53-27.jpg

Tadbirkorlik uchun yer uchastkalari:

3. Navoiy viloyati, Navoiy shahri, Yoshlik MFYdagi boshlangʻich narxi 9,2 mln. soʻm boʻlgan 0,01 gektar yer uchastkasi uchun 254 mln. soʻm narx tasdiqlandi;

photo_2020-09-02_17-53-28.jpg

4. Navoiy viloyati, Navoiy shahri, Yangiobod MFYdagi boshlangʻich narxi 9,2 mln. soʻm boʻlgan 0,01 gektar yer uchastkasi uchun 831,9 mln. soʻm narx tasdiqlandi;

photo_2020-09-02_17-53-29.jpg

5. Navoiy viloyati, Xatirchi tumani, Bogʻchakalon mahallasidagi boshlangʻich narxi 12,9 mln. soʻm boʻlgan 0,48 gektar yer uchastkasi uchun 160 mln. soʻm narx tasdiqlandi;

photo_2020-09-02_17-58-42.jpg

6. Qashqadaryo viloyati, Kasbi tumani, Mugʻlon MFYdagi boshlangʻich narxi 2,8 mln. soʻm boʻlgan 0,006 gektar yer uchastkasi uchun 85,8 mln. soʻm narx tasdiqlandi.

photo_2020-09-02_17-53-30.jpg

Hozirgi paytda e-auksion.uz savdo maydonchasida 6,8 mingga yaqin tadbirkorlik uchun yer uchastkalariga boʻlgan huquq savdoga qoʻyilgan.

Siz ham onlayn auksionlarda ishtirok etib yer uchastkalariga ega boʻling!

Elektron onlayn auksionlarni
tashkil etish markazi PR-xizmati.


21 899
O'zA