O‘zA O`zbek

15.05.2020 Chop etish versiyasi

Dunyo birinchi trillioner paydo boʻlish arafasida

Dunyo birinchi trillioner paydo boʻlish arafasida

Butun dunyo koronavirus sababli inqirozga tayyorgarlik koʻrayotgan bir paytda Amazon rahbari, dunyoning eng boy odami Jeff Bezos birinchi trillioner maqomini olishga yaqin turibdi. Oxirgi besh yilda uning boyligi 34 foizga koʻpaygan.

Amazon bosh direktorining boyligi uzluksiz oʻsib bormoqda. Prognozlarga koʻra, u 2026-yilga borib trillionerga aylanishi mumkin. Oʻshanda Bezos 62 yoshga toʻlgan boʻladi. Bu haqda Comparisun tadqiqot platformasi xabar berdi.

Joriy yilning I choragida kompaniya daromadi 75,5 mlrd. dollarni tashkil etgan.

Bunga amerikalik Tvitter foydalanuvchilari oʻz munosabatlarini ham bildirishdi. Quyida shulardan ayrimlari bilan tanishtirib oʻtamiz.

“Jeff Bezos kabi plutokrat pandemiya paytida 24 mlrd. dollar ishlab olib, 33 mln. amerikalik ishini yoʻqotayotgan bunday iqtisodiy tizimni kim himoya qilyapti, hayronman ”.

“Amerikadagi uchta erkak mamlakat boyligining yarmidan koʻpiga egalik qilmoqda. Bu xavotirli”.

“Global iqtisodiy tanazzul Jeff Bezosni trillionerga aylantirmoqda. Amazon xodimlari haligacha hatto hojatxonaga chiqishga ham vaqt topa olishmayapti”.

Maʼlumot uchun, aprel oyida Bezos pandemiya paytida ishlar koʻpayib ketgani uchun yana kundalik boshqaruvga qaytdi. Tojdor virusgacha u Sietldagi maʼmuriy qarorgohida kam vaqt oʻtkazar edi.

Shu oyda Amazon imtiyozlarni bekor qildi va kamroq sotuvni amalga oshirish uchun saytini oʻzgartirdi. Chunki buyurtmalarni uddalab boʻlmay qolgandi. Mart oyi oxirida ushbu kompaniya 175 mingta yangi ishchini yolladi. Jumladan, Bezos restoran va barlardan boʻshagan barchani ishga taklif qildi.

10 397
O'zA