O‘zA O`zbek

25.09.2018 Chop etish versiyasi

Dori vositalarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish tartibi takomillashtirildi

Dori vositalarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish tartibi takomillashtirildi

Davlat tashkilotlari davlat xizmatlarini koʻrsatishda dori vositalari davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi koʻchirmani tegishli reyestrdan mustaqil ravishda elektron shaklda oladi.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti “Dori vositalarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish tartibi va ularning aylanishini takomillashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qarorga imzo chekdi. Bu haqida Adliya vazirligining “Huquqiy axborot” kanali maʼlum qilmoqda. 

Qarorga muvofiq, dori vositalarini roʻyxatdan oʻtkazish natijalari Oʻzbekistonda tan olinadigan mamlakatlar va xalqaro tashkilotlar roʻyxati tasdiqlandi.

2018 yil 1 noyabrdan boshlab:

dori vositasi roʻyxatdan oʻtkazilganligi guvohnomasini (uning dublikatini) berish toʻgʻrisidagi talab bekor qilinadi;

davlat tashkilotlari davlat xizmatlarini koʻrsatishda dori vositalari davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi koʻchirmani tegishli reyestrdan mustaqil ravishda elektron shaklda oladi.

Dorixonalar va uning filiallariga “angro” mahsuloti — yirik qadoqda ishlab chiqariladigan va sotiladigan, shuningdek, keyinchalik tayyor dori vositalarini ishlab chiqarish (tayyorlash) uchun ishlatiladigan dori vositalarini sotish huquqi berildi.

Bunda “angro” mahsuloti maxsus uskunadan foydalangan holda dorixona sharoitida qadoqlangan, oʻralgan va markirovka qilingan boʻlishi kerak.

Tibbiyot muassasalari, shu jumladan davlat tibbiyot muassasalariga “angro” mahsulotini dori vositalarini saqlash va tarqatish tartibiga rioya qilgan holda sotib olishga ruxsat etiladi.

Dori vositalarini roʻyxatdan oʻtkazish natijalari Oʻzbekiston Respublikasida tan olinadigan mamlakatlar va xalqaro tashkilotlar roʻyxati quyida keltirilgan:

Mamlakatlar

1. Avstraliya Ittifoqi

2. Belgiya Qirolligi

3. Buyuk Britaniya va Shimoliy Irlandiya Birlashgan Qirolligi

4. Germaniya Federativ Respublikasi

5. Daniya Qirolligi

6. Isroil Davlati

7. Irlandiya Respublikasi

8. Ispaniya Respublikasi

9. Italiya Respublikasi

10. Kanada

11. Koreya Respublikasi

12. Niderlandlar Qirolligi

13. Norvegiya Qirolligi

14. Sloveniya Respublikasi

15. Amerika Qoʻshma Shtatlari

16. Finlyandiya Respublikasi

17. Fransiya Respublikasi

18. Shveysariya Konfederatsiyasi

19. Shvetsiya Qirolligi

20. Yaponiya

Xalqaro tashkilotlar

2 939
Yevropa dori vositalari agentligi (YEMA), OʻzA