O‘zA O`zbek

16.09.2019 Chop etish versiyasi

Dollarning rasmiy kursi ko‘tarilishda davom etmoqda

Dollarning rasmiy kursi ko‘tarilishda davom etmoqda

O‘zbekiston Markaziy banki 2019 yilning 17 sentabrdan xorijiy valyutalarning so‘mga nisbatan qiymatini belgiladi.

Unga ko‘ra, 1 AQSh dollari 9411.30 so‘m etib belgilandi. Bu esa dollar kursining o‘tgan hafta belgilangan qiymatiga nisbatan (+15.67) so‘mga oshganini ko‘rsatadi.

Yevro kursi esa 9 sentabrdagi ko‘rsatkichga nisbatan (+60.57) ko‘tarilib, 10421.13 so‘m etib belgilandi. Shuningdek, Rossiya rublida ham ko‘tarilish (+3.55) kuzatilib, 146.51 so‘mni tashkil etdi.

Markaziy bank mazkur valyutalarni ushbu qiymatda sotish yoki sotib olish majburiyatini olmagan.

4 612
O‘zA