O‘zA O`zbek

15.07.2019 Chop etish versiyasi

Dollar narxi yana koʻtarildi

Dollar narxi yana koʻtarildi

Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki 15-iyul kunidan boshlab valyuta operatsiyalari boʻyicha buxgalteriya hisobi, statistik va boshqa hisobotlarni yuritish, shuningdek, bojxona va boshqa majburiy toʻlovlari uchun xorijiy valyutalarning soʻmga nisbatan qiymatini belgiladi.

Unga koʻra, bir AQSH dollari 8584 soʻm 94 tiyinni tashkil etib, oʻtgan haftadagi koʻrsatkichga nisbatan 6 soʻm, 14 tiyinga qimmatladi.

Yevro kursi esa 45 soʻm 52 tiyinga qimmatlab, 1 yevro 9673 soʻm 87 tiyinni tashkil etdi.

Rossiya rublining kursi 1 soʻm 82 tiyinga qimmatlab, 136 soʻm 34 tiyinga yetdi.

Valyuta qiymatini belgilash chogʻida Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki mazkur valyutalarni ushbu qiymatda sotish yoki sotib olish majburiyatini olmagan.

4 402
OʻzA