Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetida «Yosh mutaxassis – 2017» mehnat yarmarkasi bo‘lib o‘tdi. Unda turli idora va tashkilotlar, ta’lim muassasalari vakillari ishtirok etdi.

Universitet prorektori I.Rahmatullayev va boshqalar mamlakatimizda ta’lim sohasida amalga oshirilayotgan izchil islohotlar mehnat bozorida talab yuqori bo‘lgan yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlashga xizmat qilayotganini ta’kidladi. O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi qonuni bu borada mustahkam huquqiy asos bo‘lmoqda.

Bugungi kunda mazkur ta’lim dargohini bitirgan minglab malakali mutaxassislar davlat va nodavlat tashkilotlari, nufuzli ta’lim muassasalarida samarali faoliyat yuritmoqda. Joriy yilda universitetni bakalavriat ta’lim yo‘nalishi va magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha ikki mingga yaqin yigit-qiz tamomlaydi.

Yarmarkada ish beruvchilar bilan bitiruvchilar o‘rtasida bevosita muloqot va shartnomalarni rasmiylashtirish ishlari olib borildi. Bitiruvchilar o‘z mutaxassisligi va qiziqishi bo‘yicha turli tashkilot va ta’lim muassasalari bilan shartnomalar imzoladi.

Universitetning jurnalistika fakulteti to‘rtinchi kurs talabasi Dilnoza Jumaniyozova “Turkiston” gazetasi xodimlari bilan suhbatdan muvaffaqiyatli o‘tdi.

– Mehnat yarmarkasida qatnashib, o‘z mutaxassisligimga doir ish topdim, – deydi D.Jumaniyozova. – Ta’lim dargohida olgan nazariy bilimlarimni to‘rt yildan buyon gazeta va jurnallarda amaliyotda yanada mustahkamladim. Suhbatda kasbga doir savol-javoblardan o‘tib, «Turkiston» gazetasining o‘zim tug‘ilib o‘sgan Xorazm viloyati muxbirligiga ishga joylashdim.

O‘tgan o‘quv yili natijalariga ko‘ra, universitet bitiruvchilarning 90 foiziga yaqini muqim ish joyiga ega bo‘lgan. Universitet jamoasi ish beruvchilar bilan shartnoma imzolanganidan keyin bitiruvchilarning ish bilan ta’minlanganliklarini doimiy monitoring qilib boradi. Ish beruvchilar yosh mutaxassislar haqida ijobiy fikrlar bildirmoqda.

– Mutaxassislarimiz bilan suhbatdan o‘tgan barcha nomzodlar chuqur bilimga egaligi va mehnat faoliyatini boshlashga tayyorligini namoyish etdi, – deydi Namangan viloyati xalq ta’limi boshqarmasi kadrlar bo‘limi boshlig‘i Sohibjon Ergashev. – O‘tgan yili ushbu ta’lim dargohidan ellikka yaqin mutaxassisni ish bilan ta’minlagan bo‘lsak, joriy yilda yuzga yaqin bitiruvchi uchun ish o‘rni taklif qildik.

Mehnat yarmarkasida bitiruvchi va ish beruvchilar o‘rtasida ko‘plab shartnomalar imzolandi.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Dilnozaning ish joyi tayin