Surxondaryo viloyati bojxona boshqarmasi kontrabanda va bojxona qonunchiligi buzilishiga qarshi kurashish boʻlimi hamda Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari hamkorligida oʻtkazilgan tezkor tadbirda Denov tumanida yirik miqdordagi noqonuniy tovar aniqlandi

Surxondaryo viloyati bojxona boshqarmasi kontrabanda va bojxona qonunchiligi buzilishiga qarshi kurashish boʻlimi hamda Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari hamkorligida oʻtkazilgan tezkor tadbirda Denov tumanida yirik miqdordagi noqonuniy tovar aniqlandi.

Tojikiston Respublikasi Tursunzoda tumanida yashovchi tadbirkor Rasul Noʻmanov Denov tumanida yashaydigan Sohib Joʻrayev (ism-shariflar oʻzgartirildi) nomiga “Mersedes bens” rusumli yuk avtomashinasida har biri 25 kilogrammdan boʻlgan 80 qop qurilishda suvoqchilik ishlari uchun ishlatiladigan shpatlevka tovarining yuk kuzatuv hujjatlarini rasmiylashtirib, joʻnatadi. Tadbir doirasida mazkur yuk mamlakatimiz hududiga kirib kelgach, huquq-tartibot idoralari xodimlari tomonidan kuzatuvga olindi.

Haydovchi va uning sheriklari yuk ortilgan “Mersedes bens”ni Denov tumanidagi “Denov” tashqi iqtisodiy faoliyat bojxona postiga olib kelmasdan bir necha joyga toʻxtatib, tovarlarni tushirishga harakat qildi. Shundan soʻng qoʻshni davlatdan kelgan yuk avtomashinasi “Denov” tashqi iqtisodiy faoliyat bojxona postiga olib kelinib, xolislar ishtirokida bojxona koʻrigidan oʻtkazildi.

Avtomashinada yuk kuzatuv hujjatlarida koʻrsatilgan qurilishda ishlatiladigan shpatlevka tovaridan tashqari 47 turdagi 316 million 882 ming soʻmlik turli tovarlar borligi maʼlum boʻldi. Shunday qilib, yuk hujjatlarida koʻrsatilmagan va Xitoyda ishlab chiqarilgan 203 dona maishiy texnika buyumlari, 11 dona “LG” televizori, yirik miqdordagi har xil turdagi atir-upa vositalari, 15 ming dona yaltiroq temir qoshiq, bir dona foydalanilgan yuk avtomobil vali yakuniy qaror qabul qilinguncha vaqtinchalik saqlovga olindi.

Ayni paytda mazkur holat yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Denovda qiymati 316 million 882 ming soʻmlik noqonuniy tovar ushlab qolindi