Milliy matbuot markazida O‘zbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi tomonidan mamlakatimizda davlat kadastrlari yagona tizimi yaratilishi bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlarga bag‘ishlangan matbuot anjumani o‘tkazildi.

“Davlat kadastrlari to‘g‘risida”gi qonunga asosan yurtimizda 21 davlat kadastri yuritilmoqda. Konlar, foydali qazilmalar va texnogen hosilalarning yuzaga chiqish hollari davlat kadastri, suv kadastri, qo‘riqlanadigan tabiiy hududlar davlat kadastri, madaniy meros obyektlari davlat kadastri kabilar shular sirasidandir. Ularni yuritishda o‘n sakkiz vazirlik va idora hamkorlik qilmoqda.

– Davlat kadastrlari ma’lumotlari asosida geografik axborot tizimi qatlamlari yaratiladi, – deydi O‘zbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi bo‘lim boshlig‘i Dilorom Rizayeva. – Bunday axborotlar bazasi vazirliklar, davlat qo‘mitalari, mahalliy hokimiyat, soliq organlari yuridik va jismoniy shaxslar uchun zaruriy ma’lumotlarni olishga xizmat qiladi. Hozirda Davlat soliq qo‘mitasi bilan onlayn rejimda ma’lumotlar almashish yo‘lga qo‘yildi. Notarius idoralari bilan tajriba tariqasida joriy yilning yozidan Toshkent shahrida, 2018-yildan esa butun mamlakatimiz bo‘yicha ma’lumotlar almashila boshlanadi.

“Ergeodezkadastr” davlat qo‘mitasi ma’lumotlar bazasini yurituvchi mas’ul vazirlik va idoralar bilan hamkorlikda kadastr obyektlarini yo‘qlama qilish, ularning geoaxborot bazasini shakllantirish, ArcGIS dasturida 1:2000, 1:10000 va 1:25000 masshtablardagi raqamli xaritalarni yaratish hamda ularning shartli belgilarini ishlab chiqish va foydalanish borasida ishlar amalga oshirildi. Endilikda Davlat kadastri yagona tizimi geoaxborot bazasi yaratilmoqda.

Bugungi kunda mamlakatimizdagi 4 million 900 mingdan ortiq yer uchastkasidan qariyb 1 million 770 mingtasi hamda mavjud 5 million 590 mingta bino inshootidan 2 million 715 mingtasi davlat kadastrlari yagona tizimi geoaxborot bazasiga kiritilgan.

“Ergeodezkadastr” davlat qo‘mitasi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 3-avgustdagi “2016-2017-yillar davrida jismoniy va yuridik shaxslarga tegishli bo‘lgan ko‘chmas mulk obyektlarini yalpi xatlovdan o‘tkazish to‘g‘risida”gi qaroriga asosan barcha ko‘chmas mulk obyektlari xatlovini o‘tkazmoqda.

Tadbirda jurnalistlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassislardan javob oldi.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Davlat kadastrining geoaxborot bazasi yaratilmoqda