Chorvachilik rivojlanmoqda
Prezidentimizning 2008-yil 21-apreldagi “Shaxsiy yordamchi, dehqon va fermer xo‘jaliklarida chorva mollar ko‘paytirishni rag‘batlantirishni kuchaytirish hamda chorvachilik mahsulotlari ishlab chiqarishni kengaytirish borasidagi qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori ijrosi doirasida Navoiy viloyatida ham muayyan ishlar amalga oshirilmoqda.
Prezidentimizning 2008-yil 21-apreldagi “Shaxsiy yordamchi, dehqon va fermer xo‘jaliklarida chorva mollar ko‘paytirishni rag‘batlantirishni kuchaytirish hamda chorvachilik mahsulotlari ishlab chiqarishni kengaytirish borasidagi qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori ijrosi doirasida Navoiy viloyatida ham muayyan ishlar amalga oshirilmoqda.Viloyatda joriy yilning o‘tgan davrida 90 ming 582 tonnadan ziyod go‘sht, 256 ming 243 tonna sut tayyorlanib, tegishli tartibda joylarga yetkazib berildi. Bu boradagi ishlar davom ettirilmoqda.
– Chorvachilik rivojlanmoqda, – deydi viloyat qishloq va suv xo‘jaligi boshqarmasi mas’ul xodimi Qanoat Tumenbayev. – Joriy yilda Karmana, Qiziltepa, Navbahor, Nurota va Xatirchi tumanlariga 262 bosh naslli mol keltirildi. Tijorat banklari tomonidan sohaga 2 milliard 599 million so‘m kredit ajratildi. Fermer xo‘jaliklarining ikki milliard so‘mdan ziyod mablag‘i shu maqsadga yo‘naltirildi. Bu ishlar natijasida bir yuz o‘ttizdan ortiq yangi ish o‘rni yaratildi.
Viloyat chorvadorlari 2014-2015-yilgi qish mavsumiga tayyorgarlik ishlarini davom ettirmoqda. Shu kungacha680,7 ming tonna dag‘al xashak jamg‘arildi. Yopiq qo‘ralar tom va devorlarini ta’mirlash ishlariga jiddiy e’tibor qaratilayotir. Bulardan ko‘zlangan asosiy maqsad – qishdan betalafot chiqish.
Chorvadorlar ijtimoiy himoyasini ta’minlash ham doimiy e’tiborda. Yaqinda cho‘pon-cho‘liqlarga maxsus qishki kiyim-bosh topshirildi. Oilaviy pudratchilarning oziq-ovqat zaxirasini mustahkamlash maqsadida ularga un, o‘simlik yog‘i, shakar va boshqa zarur iste’mol mollari yetkazib berilmoqda.