23.09.2019 Chop etish versiyasi
“Chorsu” mehmonxonasi savdoga chiqarildi

Vazirlar Mahkamasining tegishli qaroriga muvofiq “Chorsu” mehmonxona majmuasi elektron onlayn-auksion savdolariga 1 so‘mga teng qiymatdagi boshlang‘ich narxda chiqarildi.
Auksion o‘tkazish vaqti 21 oktabr. Umumiy maydoni – 1, 996 ga. Bino va inshootlar egallagan maydon – 3545 kv.m. (22 qavat). Auksion qadami 100 mln. so‘m. Investor 25,0 mln. AQSh dollari investitsiya kiritish orqali kamida 3 yulduzli mehmonxona xizmatini tashkil etishi, 150 ta ish o‘rni yaratib, majburiyatlarni ikki yilda bajarishi lozim bo‘ladi.
Batafsil ma’lumotlarni @davaktivuz, www.davaktiv.uz veb-sayti hamda www.e-auksion.uz sayti orqali olishingiz mumkin.
Tel: (71) 259-22-10, 259-22-56, 202-21-19.
Davlat aktivlarini boshqarish
agentligi axborot xizmati
1 539
O‘zA