Farg‘ona tumani Chimyon qishlog‘ida zamonaviy dehqon bozori foydalanishga topshirildi.

Prezidentimiz rahnamoligida bozorlarni tartibga keltirish, yangilarini qurish, mavjudlarini rekonstruksiya qilish, sotuvchi va xaridorlar uchun qulay shart-sharoit yaratish borasida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli ishlar samarasida bozorlarimiz o‘zining milliy va zamonaviy qiyofasi, to‘kinligi, xizmat ko‘rsatish madaniyatining yuqoriligi bilan xaridorlar e’tirofiga sazovor bo‘lmoqda. Buni Farg‘ona viloyati bozorlari misolida yaqqol ko‘rish mumkin.

Dehqon bozorida go‘sht, sut, baliq mahsulotlari pavilyonlari yangidan barpo etildi. Oziq-ovqat, quruq meva, issiq non, hunarmandchilik buyumlari bilan savdo qiladigan zamonaviy do‘konlar qad rostladi. Shuningdek, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari sotish uchun ham barcha qulayliklar yaratildi.

– Istiqlol sharofati bilan mamlakatimizda xususiy mulkchilik shakli yo‘lga qo‘yildi, erkin savdoga keng yo‘l ochildi va bozorlarimiz qayta chiroy ochdi, – deydi “Chimyon” qishloq fuqarolar yig‘ini raisi Ilhomjon Mansurov. – Dehqon bozori mustaqilligimizning yigirma uch yilik bayrami arafasida qishloq ahli uchun munosib tuhfa bo‘ldi. Bu yerda sotuvchilar uchun ham, xaridorlar uchun ham barcha sharoit mavjud. Keng, shinam, ozoda pavilyon va do‘konlar yong‘in xavfsizligi, sanitariya-gigiyena talablariga to‘la javob beradi. Aholi kerakli mahsulotlarni mana shunday ko‘rkam, zamonaviy bozordan nisbatan arzon narxlarda xarid qilayotganidan juda mamnun.

Zamonaviy dehqon bozorining ochilishi munosabati bilan o‘tkazilgan tadbirda Farg‘ona viloyati hokimi Sh.G‘aniyev so‘zga chiqdi.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Chimyonliklar uchun bayram tuhfasi