Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

08.02.2017 17:30 Chop etish versiyasi

Chamanzorda yangi xonadonlar egalariga topshirildi

Chamanzorda yangi xonadonlar egalariga topshirildi Xorazm viloyati Qo‘shko‘pir tumani Chamanzor mahallasida 74 oila zamonaviy uylarga ko‘chib o‘tdi. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning 2016-yil 21-oktabrdagi “2017-2021-yillarda qishloq joylarda yangilangan namunaviy loyihalar bo‘yicha arzon uy-joylar qurish dasturi to‘g‘risida”gi qarori ijrosi doirasida barpo etilgan va barcha qulayliklarga ega bu xonadonlarda qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ekish uchun mo‘ljallangan kichik yer maydoni ham bor.

10 ta bir qavatli va 32 ta ikki qavatli uy asosan yosh oilalarga berildi.

— Ochig‘i, qisqa fursatda o‘z uyimiz bo‘ladi, deb sira o‘ylamagan edik, - deydi yangi xonadon sohiblaridan Qudrat Eshjonov. — Sababi, o‘zimiz uy qurib olishimiz uchun yillar kerak bo‘lar edi. Bugun esa davlatimiz tomonidan bizga berilgan imtiyoz orqali niyatimiz amalga oshdi. Buning uchun Prezidentimizga minnatdorlik bildiramiz.

Shonazar Qoriyev (surat), O‘zA
1 901






Все о погоде - Pogoda.uz