O‘zbekiston o‘rik, olxo‘ri, uzum, yong‘oq, karam va boshqa ko‘plab meva-sabzavot mahsulotlarini eksport qilish bo‘yicha dunyodagi yetakchi o‘n davlatdan biridir.

Serquyosh zaminimizda yetishtirilayotgan meva-sabzavotlar salomatlik uchun g‘oyat muhim bo‘lgan mikroelementlar va oziq-ovqat ratsionida o‘rnini almashtirib bo‘lmaydigan turli biologik moddalarga boyligi, yuqori sifati, ekologik tozaligi va xavfsizligi bilan boshqa mintaqalarda yetishtirilgan turdoshlaridan alohida ajralib turadi.

Buxoro mevalari, ayniqsa, uzum o‘zining xushxo‘rligi, tarkibida shakar miqdori yuqoriligi bilan g‘oyat xaridorgir. Mutaxassislarning ta’kidlashicha, uzumning shiradorligi nafaqat tok parvarishiga, balki viloyat iqlimi, tuproq tarkibining o‘ziga xosligiga ham bog‘liq.

Buxoro tumanidagi “Kontinent invest” xususiy savdo-ishlab chiqarish korxonasi va Qozog‘iston Respublikasining “River invest” mas’uliyati cheklangan jamiyati tomonidan tashkil etilgan “Gala-River” qo‘shma korxonasi uzumni qayta ishlashga ixtisoslashgan.

Korxona ikki mamlakat o‘rtasida o‘rnatilgan mustahkam va ishonchli hamkorlikning o‘ziga xos ifodasi sifatida samarali faoliyat ko‘rsatib kelmoqda.

Prezidentimiz rahnamoligida kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishga qaratilayotgan alohida e’tibor, xorijiy investitsiya ishtirokidagi korxonalarga berilayotgan imkoniyat va imtiyozlar korxona faoliyatini yanada kengaytirishda muhim ahamiyat kasb etmoqda. Jahon bozori talablari asosida raqobatbardosh mahsulot ishlab chiqarilayotgan korxona sexlari Italiyaning “Della Tofoll” kompaniyasidan keltirilgan zamonaviy texnologik uskunalar bilan jihozlangan.

– Texnologik yangilanishlar qisqa muddatda o‘z samarasini berdi, – deydi qo‘shma korxona direktori O‘lmas Rahmatov. – Dastlabki yillarda 1,5-2 ming tonna uzum qayta ishlangan bo‘lsa, ayni paytda bu ko‘rsatkich 6 ming tonnaga yetdi. 20 yangi ish o‘rni yaratildi. Ayni paytda bu yerda mehnat qilayotgan 50 ishchining aksariyati kasb-hunar kollejini bitirgan yosh mutaxassislardir. Amalga oshirilgan modernizatsiya ishlari tufayli ish unumdorligi va tayyorlanayotgan uzum shinnisi sifati keskin yaxshilandi. Bunday mahsulot doimo xaridorgir va bozorning o‘ziga xos injiqliklariga chidamli. Mahsulotimizning hammasi shartnomaga muvofiq xorijlik buyurtmachilarga yetkazib berilmoqda. O‘tgan yili Qozog‘iston va Rossiyaga 1 million 700 ming dollarlik uzum shinnisi eksport qilindi. Joriy yilda bu ko‘rsatkich 2,5 million dollarga yetkazilishi rejalashtirilgan.

“Buxoroagrofrukt” mas’uliyati cheklangan jamiyati korxonaga fermer va dehqon xo‘jaliklaridan shartnoma asosida xarid qilingan uzumni peshma-pesh yetkazib bermoqda. O‘tgan yili 500 tonna sig‘imga ega sovutkich qurilgani hosilni zaxiraga saqlashda qo‘l kelmoqda. Bu sovutkich korxonaning o‘z sarmoyasi, jumladan, soliq imtiyozlari evaziga qoladigan mablag‘lar hisobidan barpo etildi.

Korxonada ishlab chiqarishni kengaytirish va hajmini oshirish bo‘yicha aniq chora-tadbirlar belgilangan. Jahon bankining Xalqaro taraqqiyot uyushmasi liniyasi orqali 800 ming dollar miqdorida kredit olish uchun hujjatlar taqdim etilgan. Yangi loyiha ishga tushirilgach, “Gala-River” yiliga 8 ming tonnagacha uzumni qayta ishlash quvvatiga ega bo‘ladi.

“Buxoroagrofrukt” joriy yil fevral oyida 40 gektar maydonda yangi tokzor tashkil etdi. Unda qo‘shma korxona uchun zarur bo‘lgan uzumning 30 foizi yetishtiriladi. Qo‘shma korxonaga yaqinda Rossiyadan buyurtmachilar kelishi kutilmoqda. Demak, kelgusida eksport hajmi yanada oshadi.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Buxorodagi “Gala-River” O‘zbekiston – Qozog‘iston qo‘shma korxonasida yiliga 6 ming tonna uzum qayta ishlanmoqda