O‘zA O`zbek

15.12.2017 18:34 Chop etish versiyasi

Buxgalterlar malakasini baholash tizimi ishga tushirildi

O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi, Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, Toshkent moliya instituti hamda «Norma» professional rivojlanish markazi hamkorligida yaratilgan Bir.uz – buxgalterlar malakasini baholash tizimi takdimoti o‘tkazildi.

Bir.uz tizimi buxgalterlarga bilimlaridagi kamchiliklarni to‘ldirish va o‘z malakasini baholashga yordam beradi. Ish beruvchiga esa o‘z buxgalterlarini attestatsiyadan o‘tkazish va biznesining xususiyatlariga muvofiq tarzda ularning malakasini oshirish, bo‘sh lavozimlarga nomzodlarni tanlashga ko‘mak beradi.

Tizim o‘ziga xos ta’lim resursi hisoblanadi. Shu bilan birga buxgalterlarning professional bilim darajasini imtihonda baholaydi. O‘quv testi 400 dan ziyod mavzu bo‘yicha o‘quv materiallari va 3 ming 200 dan ortiq testdan tarkib topgan. Testdan muvaffaqiyatli o‘tgach, buxgalter tanlangan malaka bo‘yicha bilimlarini tasdiqlaydigan sertifikatga ega bo‘ladi.

Shahnoza Mamaturopova, O‘zA
6 326