Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

18.10.2017 17:33 Chop etish versiyasi

Bunyodkorlik: qishloqda zamonaviy majmua ish boshladi

Bunyodkorlik: qishloqda zamonaviy majmua ish boshladi Namangan viloyatining To‘raqo‘rg‘on tumani Kumidon qishlog‘ida “Zamin saxovati” sovitish va muzlatish omborlari majmuasi ish boshladi.

“Kompozit Panel Servis” mas’uliyati cheklangan jamiyati tomonidan “Mega trading progress” hamda “Selvir max bos milk” xususiy korxonalari hammuassisligida barpo etilgan majmuaning har biri 100 tonna qishloq xo‘jaligi mahsulotini saqlash quvvatiga ega 25 kameradan iborat. Zamonaviy texnologiyalar bilan jihozlangan majmuada bir vaqtning o‘zida 2 ming 500 tonna meva-sabzavotni saqlash mumkin.

Ayni paytda majmuada olma, nok, xurmo, uzum, olxo‘ri singari mevalarni saqlashga qo‘yish boshlandi. Zaxiraga qo‘yilgan bunday mahsulotlarning hajmi 1000 tonnadan oshdi.

– Mazkur loyihani amalga oshirish uchun muassislarning o‘z mablag‘i hisobidan 770 ming dollar hamda bankning 970 ming dollarlik kredit sarmoyasi sarflandi, – deydi korxona ish yurituvchisi Sh.Jo‘rayev. – Bugun yurtimizda yaratilgan qulay sarmoyaviy muhit, tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish yo‘lida berilayotgan keng imkoniyat va imtiyozlar biz, tadbirkorlarni yangi-yangi biznes loyihalar ustida izlanishga undamoqda. Ushbu zamonaviy majmuaga sarflangan mablag‘ biznes-rejada ko‘zda tutilgan muddatda o‘zini qoplab, daromad va foyda keltirishiga ishonchimiz komil.

Akramjon Sattorov, Hotam Mamadaliyev (surat), O‘zA
1 673






Все о погоде - Pogoda.uz