Farg‘ona viloyati fermer xo‘jaliklarida bahorgi dala yumushlari boshlandi. Joriy yil hosili uchun g‘o‘zani navlar bo‘yicha joylashtirishda fermer xo‘jaliklari taklifi inobatga olindi. Unga ko‘ra “Namangan-77”, “Sulton”, "S-6524", “Andijon-35”, "S-8290" kabi navlar ekilishi belgilandi.​

Qo‘shtepa tumanidagi “Oila” fermer xo‘jaligida o‘tkazilgan bahorgi agrotexnik tadbirlarni samarali tashkil etish va chigit ekishga bag‘ishlangan viloyat ko‘rgazmali seminarida bu alohida ta’kidlandi. Mavsumga tayyorgarlik ishlari muhokama etilib, e’tibor qaratilishi lozim bo‘lgan vazifalar belgilab olindi.

Fermerlarga xizmat ko‘rsatuvchi shoxobchalar, fermer xo‘jaliklari rahbarlari, sohaga aloqador tashkilotlar vakillari ishtirok etgan tadbirda mutaxassislar tomonidan dalani ekishga tayyorlash, tuproq namligini saqlash, maydonni tekislash va chigitni sifatli ekish, dala shiyponlarida mehnatkashlar uchun zarur sharoit yaratish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.

Chigit ekish mavsumini uyushqoqlik bilan o‘tkazish bo‘yicha viloyatda o‘ziga xos tajriba to‘plangan, 95,3 ming gektar maydonda chigit ekishni qisqa muddatda sifatli amalga oshirish, har bir fermer xo‘jaligining tuproq-iqlim sharoiti, chigit ekish muddatlari va yillar davomida olingan hosildorlik tahlil etilib, viloyat miqyosida ekish jadvali ishlab chiqildi.

Joriy yil hosili uchun viloyatda 70 ming gektar maydonda sho‘r yuvish ishlari amalga oshirildi. Markaziy Farg‘ona va Qolgandaryo massivlarida sho‘r yuvish ishlari ikki marta, sho‘rlanish darajasi kuchli bo‘lgan maydonlarda uch marta amalga oshirildi. Shu bilan birga, 13 ming gektar maydonda pushta olinib, nam suvi berish ishlari tizimli ravishda amalga oshirilmoqda.

2013-2017-yillar davrida sug‘oriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash va suv resurslaridan oqilona foydalanishga oid Davlat dasturi bo‘yicha 2013-2016-yillarda 19 ming 800 gektar maydonning suv ta’minoti yaxshilandi, o‘rtacha va kuchli sho‘rlangan maydonlar 12 ming 744 gektarga, yer osti suv sathi 2 metrgacha bo‘lgan maydonlar 12 ming 93 gektarga kamaytirildi. 124,5 ming gektar maydonning meliorativ holati yaxshilanishiga erishildi.

Hozirgi kunga qadar ekish uchun zarur bo‘ladigan 5 ming 600 tonna urug‘lik chigit to‘liq tayyorlandi va 46 urug‘lik tarqatuvchi shoxobchada sifatli saqlovga qo‘yildi. Bu jarayonda fermer xo‘jaliklari talabi asosida urug‘likni sertifikat bilan yetkazib berish tizimi yo‘lga qo‘yildi. Yer tayyorlash ishlari sifatli bajarilishini ta’minlash uchun 134 otryadga 14 mingdan ortiq texnika va mexanizmlar biriktirilgan.

Soha rahbarlari va mutaxassislar tomonidan ekish ishlarini sifatli tashkil etish, agrotexnik tadbirlar xususida tavsiyalar berilib, navbatdagi vazifalar belgilab olindi.

Tadbirda Farg‘ona viloyati hokimi Sh.G‘aniyev so‘zga chiqdi.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Bugungi harakat – ertangi baraka