11.09.2018 11:23 Chop etish versiyasi

Bu loyiha uchun sarmoyadorlar 20 million dollar investitsiya kiritmoqda

Bu loyiha uchun sarmoyadorlar 20 million dollar investitsiya kiritmoqda
Joriy yil, avgust oyining oxirida Jizzax viloyatida Xalqaro investitsion forum oʻtkazilgan edi. Unda 175 ta xorijiy kompaniya vakillari ishtirok etib, umumiy qiymati 800 million dollarga teng oʻttizga yaqin shartnoma va uchta memorandum imzolangandi.

Shunga koʻra, 2018-2019-yillarda qirqqa yaqin biznes loyihani amalga oshirish moʻljallanmoqda.

“Jizzakh Petroleum” qoʻshma korxonasi faoliyatini tashkil etishga qaratilgan yirik loyiha ulardan biri boʻlib, neftni qayta ishlash majmuasi nafaqat Jizzaxda, balki respublika miqyosida eng yirik loyihalar sirasiga kiradi. Uning ishga tushirilishi natijasida yiliga 5 million tonna neft mahsuloti ishlab chiqariladi. 

“Paxtakor-teks” qoʻshma korxonasida ishga tushirilishi rejalashtirilayotgan ip-kalava ishlab chiqarish majmuasi “Oʻzsanoatqurilishbank” moliyalashtirayotgan yana bir muhim loyiha hisoblanadi. Korxona toʻla quvvatda ishga tushgach yiliga 8,2 ming tonna mahsulot ishlab chiqariladi.

Shuningdek, viloyatida metall mahsulotlari ishlab chiqarish va ikkilamchi xomashyoni qayta ishlash borasida ham umumiy hajmi 26 million dollarga teng loyiha amaliyotga tatbiq etilmoqda. “TRIUMPH ECO RECOVERY” Oʻzbekiston-Xitoy qoʻshma korxonasiga tegishli bu loyiha uchun xorijiy sarmoyadorlar 20 million dollar investitsiya kiritmoqda.

OʻzA
1 454