Poytaxtimizdagi Korporativ boshqaruv ilmiy-ta’lim markazida «Zamonaviy korporativ boshqaruv usullarini joriy etish – biznesni samarali tashkil etish garovi» mavzuida seminar bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston Respublikasi Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi tomonidan Korporativ boshqaruv ilmiy-ta’lim markazi bilan hamkorlikda tashkil etilgan tadbirda vazirlik va idoralar, aksiyadorlik jamiyatlari vakillari, chet ellik ekspertlar, ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etdi.

Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisi D.Hidoyatov, parlament quyi palatasi Byudjet va iqtisodiy islohotlar qo‘mitasi raisi A.Shodmonov, Germaniya Moliya vazirligi mas’ul xodimi B.Kauers va boshqalar korporativ boshqaruvning zamonaviy usullari va standartlarini joriy qilishga qaratilgan tizimli chora-tadbirlar O‘zbekistondagi investitsiyaviy muhit jozibadorligini oshirishda muhim omil bo‘layotganini ta’kidladi.

O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidentining 2015-yil 24-apreldagi «Aksiyadorlik jamiyatlarida zamonaviy korporativ boshqaruv uslublarini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi farmoni korporativ boshqaruv sohasidagi qoidalar va yondashuvlarni tubdan qayta ko‘rib chiqish uchun muhim asos bo‘ldi.

O‘tgan davrda davlat ulushi bo‘lgan korxonalarda ijro organi faoliyati samaradorligini baholash mezonlari ishlab chiqildi. Davlat va xo‘jalik organlari ulushi ustun mavqega ega bo‘lgan aksiyadorlik jamiyatlarida korporativ boshqaruv kodeksi joriy qilindi. Yangi talablardan kelib chiqqan holda «Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida»gi qonun va boshqa me’yoriy hujjatlarga tegishli o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi.

2016-yilda Korporativ boshqaruv ilmiy-ta’lim markazi va Yevropa menejmenti va texnologiyalari maktabi bilan hamkorlikda 200 dan ziyod aksiyadorlik jamiyati va korxona rahbarlari uchun ikki bosqichli o‘quv kurslari tashkil etildi. Yuzga yaqin tinglovchi Germaniyaning yetakchi kompaniyalarida malaka oshirdi.

2017-2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasida belgilangan vazifalardan kelib chiqib, O‘zbekiston Respublikasining «Davlat mulkini boshqarish to‘g‘risida»gi qonuni loyihasi ishlab chiqilmoqda.

Mazkur qonun davlat mulkini boshqarishning tartiblashtirilgan tizimini yaratish, davlat mulkini boshqarishni amalga oshiradigan davlat organlari vakolatlari doiralarini chegaralash hamda sohada davlat siyosatini olib borish uchun javobgarlikni oshirishga yo‘naltirilgan. U davlat mulkini samarali boshqarish asoslarini, ularning huquqlari, majburiyatlari va javobgarliklarini, davlat mulki saqlab qolinadigan tarmoq va sohalarda davlat mulkini boshqarish tamoyillari, mexanizmlari va maqsadlarining qonuniy asoslarini yanada takomillashtirishni nazarda tutadi.

Seminar ishtirokchilari o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldi.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Boshqaruv usullari takomillashmoqda