Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

09.08.2017 21:47 Chop etish versiyasi

Bojxona xizmati vakillari bilan ochiq muloqot

Sirdaryo viloyati​ Sirdaryo tumanida kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash, eksport bilan shug‘ullanuvchi tashqi iqtisodiy faoliyat qatnashchilariga qulayliklar yaratish hamda ularning huquqlarini himoya qilish masalalariga bag‘ishlangan ochiq muloqot bo‘lib o‘tdi.

Viloyat va tuman hokimliklari, viloyat bojxona boshqarmasi hamkorligida tashkil etilgan tadbirda bojxona boshqarmasi, prokuratura, soliq, ichki ishlar organlari xodimlari, mahalla faollari, tadbirkorlar, fermerlar, eksportyor tashkilotlar vakillari ishtirok etdi.

Mamlakatimiz iqtisodiyotida tobora muhim o‘rin tutayotgan kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishga qaratilayotgan alohida e’tibor yuksak samaralar berayotgani ta’kidlandi. Prezidentimizning 2017-yil 25-maydagi “Tashqi bozorlarda mahalliy mahsulotlarning eksport qilinishi va raqobatbardoshligini ta’minlashni yanada rag‘batlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni bu borada muhim ahamiyat kasb etayotir.

– Ushbu farmonga asosan, 2017-yil 1-iyundan boshlab tadbirkorlar o‘zlari ishlab chiqargan tovarlarni eksport qilish, yangi meva-sabzavot mahsulotlari, uzum, poliz ekinlaridan, shuningdek, Birinchi Prezidentimizning 1997-yil 10-oktabrdagi «Tovarlar (ishlar, xizmatlar) eksportini rag‘batlantirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi farmoni 2-ilovasida ko‘rsatilgan xomashyo tovarlaridan tashqari, chet el valyutasida oldindan to‘lovsiz, akkreditiv ochmasdan, bank kafolatini rasmiylashtirmasdan hamda eksport shartnomalarini siyosiy va tijorat xavflaridan sug‘urta polisisiz amalga oshirishi mumkin, – deydi viloyat bojxona boshqarmasi xodimi, bojxona xizmati leytenanti A.Qo‘ldoshev. – Bunda shartnoma miqdori 100 ming dollar ekvivalentidan oshmasligi, tovarlar eksport qilingan kundan boshlab, 90 kun ichida majburiy valyuta tushumining kelib tushishi ta’minlanishi kerak. Faqat o‘zlari ishlab chiqargan tovarlarning keyingi eksporti mazkur qo‘shimcha bandning shartlariga muvofiq eksportchi tashkilotning ushbu bandda ko‘rsatilgan shartlarda avvalgi debitorlik qarzi bo‘lmagan taqdirdagina amalga oshiriladi.

Tadbirda tashqi iqtisodiy faoliyat qatnashchilariga, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlariga keng imkoniyatlar berish yuzasidan bojxona imtiyozlari qo‘llanilishi hamda Prezidentimizning 2017-yil 3-maydagi “Nukus-farm”, “Zomin-farm”, “Kosonsoy-farm”, “Sirdaryo-farm”, “Boysun-farm”, “Bo‘stonliq-farm” va “Parkent-farm” erkin iqtisodiy zonalarini tashkil etish to‘g‘risida”gi farmoni asosida “Sirdaryo-farm” erkin iqtisodiy zonasining tashkil etilishi to‘g‘risida ham atroflicha ma’lumot berildi. Odam savdosiga qarshi kurashish yo‘nalishida bojxona boshqarmasi mas’ul xodimlari tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar, shuningdek, yangi qabul qilingan me’yoriy hujjatlar bilan tanishtirildi.

Tadbir so‘ngida “Ko‘ngildagi qora dog‘lar” deb nomlangan tanqidiy-tahliliy videofilm namoyish etildi.

Abdujalol Qayumov, O‘zA
800






Все о погоде - Pogoda.uz