Qarshida Qashqadaryo viloyati hokimligi, Janubi-g‘arbiy maxsus harbiy okrugi, viloyat mudofaa ishlari, mehnat, davlat soliq boshqarmalari, tijorat banklari hamkorligida bo‘sh ish o‘rinlari yarmarkasi tashkil etildi.

Muddatli harbiy xizmatdan qaytgan yigitlar, kasb-hunar kollejlari bitiruvchilari va xotin-qizlar ishtirok etgan yarmarkada viloyatdagi korxona va tashkilotlar tomonidan 3 mingdan ziyod bo‘sh ish o‘rni taklif etildi.

Prezidentimiz rahnamoligida aholi bandligini, ayniqsa, muddatli harbiy xizmatni o‘tab qaytgan yigitlarni ish bilan ta’minlash, kollej bitiruvchilarining o‘z mutaxassisligi bo‘yicha ishga joylashishiga ko‘maklashishga alohida e’tibor qaratilayotgani ta’kidlandi.

Tadbir doirasida muddatli harbiy xizmatdan qaytgan yoshlar bilan o‘tkazilgan muloqot ularning harbiy xizmatda olgan bilim va tajribalari, kelajak rejalari haqida bo‘ldi. Yarmarka ishtirokchilariga bo‘sh ish o‘rinlari, mehnat qonunchiligi haqida ma’lumotlar berildi. Tijorat banklari vakillari tadbirkorlikka yo‘naltirilayotgan imtiyozli kreditlar to‘g‘risida tushuntirish olib bordi.

– Yaqinda muddatli harbiy xizmatdan qaytdim, – deydi dehqonobodlik Temur Meylimamatov. – Dehqonobod agrobiznes va transport kollejini bitirganman. Bugungi tadbirda mutaxassisligim bo‘yicha o‘zimga munosib ish topganimdan xursandman.

Yarmarkada 534 nafar fuqaroga ishga yo‘llanma berildi. Ularning 270 nafari yoshlar, 186 nafari xotin-qizlar, 78 nafari Qurolli Kuchlar safidan zaxiraga bo‘shatilgan yigitlardir.

Tadbirda Qashqadaryo viloyati hokimi Z.Ro‘ziyev so‘zga chiqdi.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Bo‘sh ish o‘rinlari yarmarkasi