Oliy Majlis huzurida Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya kilish bo‘yicha vakil institutini tashkil etish masalasi o‘ziga xos yangilikdir.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Demokratik institutlar, nodavlat tashkilotlar va fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari qo‘mitasi "Tadbirkor ayol" ishbilarmon ayollar assotsiatsiyasi bilan hamkorlikda "O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakil instituti (biznes ombudsman) – tadbirkor ayollar faoliyati rivoji yo‘lida" mavzuida videoseminar o‘tkazdi.

Parlament quyi palatasining Demokratik institutlar, nodavlat tashkilotlar va fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari qo‘mitasi raisi A.Saidov, "Tadbirkor ayol" ishbilarmon ayollar assotsiatsiyasi raisi G.Mahmudova va boshqalar mamlakatimizda xususiy mulk, kichik biznes va tadbirkorlik sohasining huquqiy asoslarini takomillashtirish maqsadida Konstitutsiyamizda, Fuqarolik kodeksi hamda «Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to‘g‘risida»gi qonun asosida 1200 dan ortiq normativ-huquqiy hujjat qabul qilinganini alohida ta’kidladi.

Mamlakatimizda xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan izchil islohotlar tufayli ular jamiyatda munosib o‘rin egallamoqda. O‘zbekiston "Tadbirkor ayol" assotsiatsiyasi o‘z safida 14 mingdan ziyod ishbilarmon ayolni birlashtirib, ularning tashabbuslarini ro‘yobga chiqarishda ko‘maklashmoqda. 2016-yilda 24 mingdan ortiq xotin-qiz biznes bo‘yicha o‘qitildi, 16 mingdan ziyod vaqtincha ishsiz ayol mehnat bozorida talab yuqori bo‘lgan kasb-hunarlarga yo‘naltirildi. Xotin-qizlar rahbarlik qilayotgan korxonalarga ajratilgan 1,6 trillion so‘mlik sarmoya evaziga 130 mingdan ortiq yangi ish o‘rni yaratildi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2016-yil 5-oktabrdagi «Tadbirkorlik faoliyatining jadal rivojlanishini ta’minlashga, xususiy mulkni har tomonlama himoya qilishga va ishbilarmonlik muhitini sifat jihatidan yaxshilashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi farmoni bu borada yangi bosqichni boshlab berdi.

Oliy Majlis huzurida Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya kilish bo‘yicha vakil institutini tashkil etish masalasi o‘ziga xos yangilikdir. Bunday vakillik instituti faoliyatining yo‘lga qo‘yilishi tadbirkorlik subyektlarini huquqiy qo‘llab-quvvatlash, normativ-huquqiy hujjatlardan foydalanish samaradorligini oshirish, amaldagi qonunchilik me’yorlariga to‘liq rioya etilishi yuzasidan ijro intizomini takomillashtirishga mustahkam kafolat bo‘lib xizmat qiladi.

Videoseminarda yangi qonun loyihalari, "Xo‘jalik yurituvchi subyektlar faoliyatini davlat tomonidan nazorat qilish to‘g‘risida"gi qonun, Jinoyat-protsessual kodeks va boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga kiritilishi ko‘zda tutilayotgan o‘zgartish va qo‘shimchalar to‘g‘risida so‘z yuritildi.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Biznes ombudsman xotin-qizlar ko‘makchisi