Koreya Respublikasi Eksport-import banki prezidenti Li Duk Xunning mamlakatimizga tashrifi doirasida 23-sentabr kuni O‘zbekiston banklari assotsiatsiyasida Eksimbankning Janubiy Koreya iqtisodiy rivojidagi roli va O‘zbekiston bilan hamkorligiga bag‘ishlangan seminar bo‘lib o‘tdi.

Koreya Respublikasi Eksport-import banki prezidenti Li Duk Xunning mamlakatimizga tashrifi doirasida 23-sentabr kuni O‘zbekiston banklari assotsiatsiyasida Eksimbankning Janubiy Koreya iqtisodiy rivojidagi roli va O‘zbekiston bilan hamkorligiga bag‘ishlangan seminar bo‘lib o‘tdi. Unda ikki mamlakatning bank-moliya sohasi vakillari, tegishli vazirlik va idoralari rahbarlari ishtirok etdi. 

O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari, moliya vaziri Rustam Azimov O‘zbekiston bilan Janubiy Koreya o‘rtasidagi hamkorlik boshqa sohalar qatori savdo-iqtisodiy, moliyaviy va investitsiyaviy yo‘nalishda ham izchil rivojlanib borayotganini alohida ta’kidladi. Bunda ikki davlat rahbarlarining uchrashuvlarida erishilgan kelishuvlar muhim huquqiy asos bo‘lib xizmat qilayotir. 

Prezidentimiz Islom Karimovning joriy yil 27-29-may kunlari Koreya Respublikasiga davlat tashrifi ikki tomonlama munosabatlarni sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tardi. Tashrif doirasida ikki mamlakat o‘rtasida savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, moliyaviy-texnikaviy va boshqa sohalarga oid umumiy qiymati qariyb 7,7 milliard AQSh dollariga teng 60 hujjat imzolandi.

Koreya Respublikasi – O‘zbekistonning eng yirik savdo-iqtisodiy sheriklaridan biri. Bu sohada mamlakatlarimiz o‘rtasida eng ko‘p qulaylik yaratish tartibi joriy qilingan. O‘tgan yili O‘zbekiston bilan Janubiy Koreya o‘rtasidagi tovar ayirboshlash hajmi 2 milliard dollardan oshgan. O‘zbekistonda Janubiy koreyalik sarmoyadorlar bilan hamkorlikda tashkil etilgan 412 korxona faoliyat ko‘rsatmoqda. Ularning 68 tasi to‘la ushbu mamlakat kapitali asosida tuzilgan. Yurtimizda Janubiy Koreyaning 79 kompaniyasi vakolatxonalari ochilgan.

Seminarda Eksimbank prezidenti Janubiy Koreyaning iqtisodiy taraqqiyoti, jahon ishlab chiqarishidagi o‘rni, xalqaro moliyaviy-investitsiyaviy jarayonlardagi ishtiroki, to‘plagan boy tajribasi haqida so‘zladi. 

– O‘zbekiston tabiiy resurslarga boy, ulkan iqtisodiy va intellektual salohiyatga ega mamlakat, – dedi Li Duk Xun. – Ikki tomonlama munosabatlarimiz savdo, iqtisodiyot, sarmoya, neft-gaz, kimyo, mashinasozlik kabi ko‘plab sohalarda izchil rivojlanib bormoqda. Mamlakatlarimiz biznesmenlari hamkorligida qator istiqbolli loyihalar amalga oshirilmoqda. Jumladan, “Navoiy” erkin industrial-iqtisodiy zonasida Janubiy koreyalik ishbilarmonlar muvaffaqiyatli faoliyat yuritmoqda. O‘zbekiston ham Janubiy Koreya kabi tez rivojlanmoqda, barcha islohotlar samarali amalga oshirilmoqda. Bu o‘zaro hamkorligimizga katta ishonch bag‘ishlaydi. 

Shu kuni O‘zbekistonning “Asaka” aksiyadorlik tijorat banki bilan Janubiy Koreyaning Eksimbanki o‘rtasida 160 million AQSh dollari miqdorida kredit taqdim etish bo‘yicha bitim imzolandi. 

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Bitim imzolandi