Bishkek shahrida Toshkent sanoat korxonalari ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tdi
Qirg‘iziston poytaxti tadbirkorlari hamda aholisiga Toshkentning oziq-ovqat, to‘qimachilik, kimyo sanoati, qurilish materiallari va mebel jihozlari ishlab chiqaruvchi 100 ga yaqin korxonasi o‘z mahsulotlarini namoyish etdi.
O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki huzuridagi Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlarining eksportini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi hamda Toshkent shahar hokimligi tomonidan joriy yil 29-sentabr – 1-oktabr kunlari Bishkek shahrida Toshkent shahri korxonalari salohiyati namoyish etilgan birinchi sanoat ko‘rgazmasi tashkil etildi.Qirg‘iziston poytaxti tadbirkorlari hamda aholisiga Toshkentning oziq-ovqat, to‘qimachilik, kimyo sanoati, qurilish materiallari va mebel jihozlari ishlab chiqaruvchi 100 ga yaqin korxonasi o‘z mahsulotlarini namoyish etdi.
Ko‘rgazma doirasida sohaga oid turli taqdimotlar, ishbilarmonlarning uchrashuvlari o‘tkazildi.