O‘zA O`zbek

25.09.2018 Chop etish versiyasi

Bir haftada 869 ta avtomobil raqami sotuvidan 3,9 milliard soʻm tushdi

Bir haftada 869 ta avtomobil raqami sotuvidan 3,9 milliard soʻm tushdi

Oʻtgan hafta mobaynida onlayn auksion orqali 869 ta avtomobil raqami sotildi. Sotilgan davlat raqam belgilarining umumiy summasi 3,9 milliard soʻmdan oshdi. 

Raqobatli savdolar natijasida bitimlarning qariyb 26 foizi birinchi toifadagi avtoraqamlarga, 47 foizi ikkinchi va 27 foizi uchinchi toifa avtoraqamlarga tegishli.

Xaridorlar tarkibida yetakchilikni Toshkent va Toshkent viloyati avto havaskorlari egalladi va ularning tuzilgan bitimlar sonidagi ulushi 26 foizga teng. Keyingi oʻrinda Samarqand viloyatining avto havaskorlari 12 foiz ulush bilan joylashdi. Uchinchi oʻrin Fargʻona avto havaskorlariga tegishli boʻlib, ulushi 10 foizni tashkil qiladi. Boshqa hududlarning ulushi 52 foizga teng.
Bu haqda Oʻzbekiston Respublika tovar xomashyo birjasi matbuot xizmati maʼlum qildi.

3 140
OʻzA