Jizzax viloyati Forish tumanidagi “Farish agro valley” mas’uliyati cheklangan jamiyatida 1000 bosh echki boqishga mo‘ljallangan zamonaviy ferma qurilmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 31-maydagi "Jizzax viloyatida ishlab chiqarish tarmoqlarini rivojlantirishni tubdan jadallashtirish, tadbirkorlik faoliyatini rag‘batlantirishning yangi yondashuvlari va metodlarini sinab ko‘rishga doir kompleks chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi qaroriga muvofiq, 2017-2018-yillarda qiymati 3,5 trillion so‘mlik 3 ming 48 loyihani amalga oshirish rejalashtirilgan. Ushbu hujjat asosida Forish tumanida zotdor echki boqishni rivojlantirish dasturi ishlab chiqilgan.

Mazkur dasturda “Trastbank”, Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi, “O‘zbekoziqovqatxolding” xolding kompaniyasi va Jizzax viloyati hokimligi tomonidan tumanda echkichilik tarmog‘ini yanada rivojlantirish, naslchilik ishlarini ilmiy asosda tashkil etish, servis xizmati ko‘rsatish sifatini yanada yaxshilash, ozuqa bazasini mustahkamlash hisobidan mahsuldorlikni oshirish bo‘yicha 2017-2021-yillarga mo‘ljallangan chora-tadbirlar rejasi belgilab berilgan.

Tumanda sut, jun, go‘sht yo‘nalishlaridagi naslli echki zotlarini ko‘paytirish ishlari “Forish” agrokompleksi, “Farij agro nurafshon”, “Farish agro valley” mas’uliyati cheklangan jamiyatlari tomonidan amalga oshirilmoqda. Echkini zooveterinariya talablari asosida boqish, mustahkam ozuqa bazasiga ega bo‘lgan ushbu chorvachilik subyektlariga xorijdan 1000 bosh naslli echki keltirish ko‘zda tutilgan. Buning uchun 11,5 milliard so‘m sarflanadi.

Dasturga muvofiq, ushbu chorvachilik subyektlarida sut, go‘sht, jun ishlab chiqarish va ularni qayta ishlash bilan birga, naslli, sermahsul echkilar ko‘paytirilib, aholi va dehqon xo‘jaliklariga auksion savdolari orqali sotish yo‘lga qo‘yiladi. Ferma inshootini barpo etish barobarida suv ombori barpo etish, ozuqa ekinlari yetishtirish, yem ishlab chiqarish sexi qurish, veterinariya xizmatini yo‘lga qo‘yish rejalashtirilgan.

– Prezidentimiz joriy yil 27-aprel kuni Jizzax viloyatiga tashrifi davomida tumanimizda naslli echkilarni ko‘paytirish va echki sutini qayta ishlash agrofirmasini tashkil etish loyihasi bilan tanishar ekan, hududda echkichilikni rivojlantirish bo‘yicha zarur ko‘rsatmalar berdi, – deydi "Farish agro valley" mas’uliyati cheklangan jamiyati rahbari D.Oqmirzayev. – Darhaqiqat, echki suti inson organizmi uchun g‘oyat foydali. Shveytsariyaning “Zeyenan” zotli echkilari zootexnika talablari asosida boqilsa, bir bosh echkidan yiliga 3 tonnagacha shifobaxsh sut olish mumkin ekan. Bundan tashqari, echki juni, go‘shti ham daromad keltiradi. Nurota tog‘ etaklarida joylashgan Forish yaylovlari naslli echkilarni boqish uchun juda qulay. Ushbu tabiiy qulayliklarni nazarda tutib, ferma shu hududda tashkil etilmoqda.

Jizzax viloyati iqtisodiyoti va ijtimoiy sohalarida to‘planib qolgan muammolarni hal etish, aholi turmush farovonligini yuksaltirishga qaratilayotgan alohida e’tibor tufayli qishloq xo‘jaligida an’anaviy dehqonchilik bilan birga, chorvachilikning yangi yo‘nalishlari ham rivojlanmoqda.

Joriy yilning birinchi choragida parrandachilikni rivojlantirish bo‘yicha 2, asalarichilikda 18, qoramol, qo‘y, echki va tuya boqish uchun 41 yangi loyiha amalga oshirilib, 221 yangi ish o‘rni yaratildi. Buning samarasida qoramol soni o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 4,5, qo‘y va echki 4,1, parranda 5,8 foiz ko‘paygan.

Bularning barchasi hududlarda oziq-ovqat mahsulotlari yetishtirishni ko‘paytirish bilan birga, aholi bandligini ta’minlash va turmush farovonligini yuksaltirishga xizmat qilmoqda.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Bir echki yiliga 3 tonnagacha sut beradi