O‘zA O`zbek

29.08.2019 Chop etish versiyasi

Besh tashabbusning agrar tarmoqdagi aksi

Besh tashabbusning agrar tarmoqdagi aksi
Mamlakatimizda besh tashabbusni amalga oshirish borasida O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi va tizimidagi tashkilotlar faol harakat qilmoqda.

Eng avvalo, xotin-qizlarni ish bilan ta’minlashga to‘xtaladigan bo‘lsak, kengash tizimidagi “Tomorqa xizmati” jamiyatlari, fermer, dehqon xo‘jaliklari va buxgalteriya xizmati ko‘rsatuvchi markazlarga qariyb uch ming ishsiz xotin-qizlar ishga joylashtirildi. Agarda birinchi chorak hisobotiga e’tibor qilsak, yurtimizda faoliyat yuritayotgan 77 mingdan ziyod fermer xo‘jaliklarining qariyb ikki yarim mingtasiga fermer ayollar rahbarlik qilishmoqda.

Ularning orasida davlat mukofotlariga ega bo‘lganlari ham anchagina. Kuni kecha O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoniga asosan O‘zbekiston Qahramoni yuksak unvoni berilganlar orasida Farg‘ona viloyati Oltiariq tumanidagi “Nurli obod” fermer xo‘jaligi rahbari Lola Murotovaning ham borligi yanada quvonchli.

Shu o‘rinda tashabbuslarda keng o‘rin ajratilgan yoshlar xususida bir oz to‘xtalib o‘tsak. Ularni musiqa, rassomlik adabiyot va san’atning boshqa turlariga qiziqishlarini aniqlash uchun tizimdagi 12 ming nafardan ortiq yoshlar orasida so‘rovnoma o‘tkazdik. Ularning 1150 tasi dutor, rubob va doira kabi cholg‘u asboblariga qiziqishlari aniqlandi, 152 nafari rassomchilik bo‘yicha, 1450 tasi ona tili - adabiyot to‘garaklarida mahorat oshirmoqda.

Albatta, yoshlarni jismoniy chiniqtirish va sport sohasida o‘z qobiliyatlarini namoyon qilishlari ham e’tiborda. Tizimda faoliyat yuritayotgan yoshlarning qariyb olti mingtasi futbol, basketbol, voleybol, yengil atletika, boks, suzish va boshqa turlari bilan shug‘ullanmoqda. Sport to‘garaklariga jalb etilganlarning mingga yaqini xotin-qizlardir.

Albatta, yoshlarimizni san’at va sport bilan shug‘ullanib, aqliy va jismoniy jihatdan yuksalishi uchun barcha sharoitlar yaratilgan. ya’ni aholi, ayniqsa yoshlarni ma’naviyatini yuksaltirish, ular o‘rtasida kitobxonlikni keng targ‘ib qilish bo‘yicha kengash yoshlar ixtiyoriga 50 million so‘mdan ortiq mablag‘ga turli mavzudagi kitoblar sotib olindi.

Husan G‘iyosov, 
Qishloq xo‘jaligi fanlari nomzodi

7 006
O‘zA