Berlin shahrida 14 yanvar kuni Oʻzbekiston – Germaniya ishbilarmonlari biznes-forumi boʻlib oʻtdi.

Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi va Oʻzbekiston Savdo-sanoat palatasi tomonidan Germaniya iqtisodiyoti Sharqiy qoʻmitasi hamkorligida tashkil etilgan tadbirda ikki mamlakatning savdo, investitsiya, bank-moliya, qurilish materiallari, qishloq xoʻjaligi, konsalting, logistika, toʻqimachilik, oziq-ovqat, kimyo, togʻ-kon sanoati, xizmat koʻrsatish kabi tarmoqlar uchun masʼul vazirlik va idoralari, kompaniya va konsernlari vakillari ishtirok etdi.

Forumda Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri oʻrinbosari – Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi raisi S.Xolmurodov, Germaniya iqtisodiyot va energetika vaziri oʻrinbosari E.Frans, Yevropa tiklanish va taraqqiyot bankining birinchi vitse-prezidenti Yu.Rigterink, Xalqaro moliya korporatsiyasi mintaqaviy direktori K.Fyulster qatnashdi.

Oʻzbekistonda Germaniyaning yetakchi kompaniyalari bilan oʻzaro manfaatli va uzoq muddatli sheriklikni rivojlantirishga ustuvor ahamiyat qaratilmoqda. Mamlakatimizda 130 dan ortiq germaniyalik ishbilarmonlar ishtirokidagi kompaniyalar faoliyati yoʻlga qoʻyilgan. Bular orasida “MAN”, “Claas”, “Lemken”, “Knauf” kabi oʻz sohasida yetakchi boʻlgan ishlab chiqaruvchilar faoliyati eʼtiborga molik.

Hamkorlik natijasida 2018 yilda mamlakatlarimiz oʻrtasidagi savdo aylanmasi 770 million AQSH dollaridan ortdi. Bu 2017 yilga nisbatan 24,5 foiz koʻp. Birgina oziq-ovqat mahsulotlari eksportida oʻtgan yili 44,6 foiz oʻsish qayd etilgan. Germaniyadan mamlakatimizga asosan turli texnika vositalari import qilinadi.

Biznes-forumda mamlakatimizning investitsiyaviy salohiyati, sarmoyadorlar uchun yaratilgan sharoit va imtiyozlar, Oʻzbekiston bozorida xorijiy mahsulotlarga boʻlgan talab va taklif boʻyicha maʼlumotlar taqdim etildi.

B2B shaklidagi muloqotda ishtirokchilar turli sohalardagi oʻzaro manfaatli hamkorlikni yoʻlga qoʻyish istiqbollarini muhokama qildi. Oʻzbekiston Savdo-sanoat palatasi bilan Germaniya Savdo-sanoat assotsiatsiyasi oʻrtasida hamkorlik haqida bitim imzolandi.

Biznes doiralar vakillari uchun qulay muloqot maydoniga aylangan anjumanda Germaniyaning “Deutsche Bank”, “Commerzbank”, “Landesbank”, “KfW”, “AKA Bank” kabi banklari, Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki bilan Oʻzbekiston tijorat banklari oʻrtasida mamlakatimizdagi loyihalarni moliyalashtirish uchun kredit mablagʻlari ajratish boʻyicha kelishuvlarga erishildi.

Forum yakunlari boʻyicha neft-gaz, neft-kimyo, energetika, sogʻliqni saqlash, farmatsevtika, qishloq xoʻjaligi, oziq-ovqat, qurilish materiallari ishlab chiqarish, mehmonxona qurilishi, investitsion-texnologik, bank-moliya sohalarida hamkorlikni rivojlantirishga oid qiymati 4 milliard AQSH dollaridan ziyod istiqbolli kelishuvlarga erishildi.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Berlinda Oʻzbekiston – Germaniya biznes-forumi samarali kechdi