Prezidentimiz rahnamoligida mamlakatimiz sanoat salohiyatini yanada yuksaltirish, sifatli va raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarishni kengaytirishga qaratilayotgan alohida e’tibor samarasida joylarda tayyor mahsulot ishlab chiqaruvchi korxonalar yildan-yilga ortmoqda. Xususan, charm-poyabzal sanoati ham tobora rivojlanayotir.

Xalqimizda “Do‘st boshga, dushman oyoqqa qaraydi”, degan maqol bor. Shu ma’noda Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov rahnamoligida amalga oshirilgan va Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tomonidan izchil davom ettirilayotgan iqtisodiy islohotlar samarasida bugun xalqimiz do‘stu dushman oldida mag‘rur turadigan darajaga yetgani bor gap. Gap poyabzal haqida borar ekan, bugun O‘zbekiston bunday mahsulot ishlab chiqarish bo‘yicha o‘z mavqeini topgani, sifatli charm-poyabzal va boshqa oyoq kiyimlarni chetdan sotib olishni qisqartirib, tashqi bozorga chiqarish salohiyatiga ega bo‘lgani har birimizga iftixor bag‘ishlaydi.

Bir zamonlar ayrim viloyatlardagi bir-ikki fabrika, maishiy xizmat ko‘rsatish uylari qoshidagi “kosibxona”larni demasa, Toshkentda bittagina poyabzal fabrikasi bo‘lardi. Bugun Namangan viloyatining o‘zida sanoat ishlab chiqarishining bu yo‘nalishida mas’uliyati cheklangan jamiyat shaklidagi “Dambog‘ poyabzal savdo”, “Fayz poyabzal savdo”, “Diplomat klassik savdo” singari 10 ga yaqin korxonalar va 100 dan ziyod xususiy tadbirkorlik subyektlari faoliyat ko‘rsatayotir. Mazkur korxonalar tomonidan import o‘rnini bosuvchi, yuqori sifatli, xushbichim oyoq kiyimlar ishlab chiqarilayotir.

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning 2016-yil 15-sentabrdagi “2016-2020-yillarda charm-poyabzal sanoatini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari dasturi to‘g‘risida”gi qarori bu borada muhim dasturilamal bo‘lmoqda.

Namangan shahrida faoliyat ko‘rsatayotgan “Diplomat poyabzal sanoat savdo” mas’uliyati cheklangan jamiyati ham barqaror rivojlanayotgan korxonalar sirasiga kiradi. Tadbirkor Ahmadjon Hojimirzayev tashabbusi va ta’sischilar tomonidan shakllantirilgan 120 million so‘mdan ziyod nizom jamg‘armasi bilan 2010-yilda tashkil etilgan mazkur korxonaga bir vaqtlar Dambog‘ mahallasi guzaridagi mo‘jazgina xonada, oddiy qo‘l mehnati bilan oyoq kiyimlarni ta’mirlaydigan kosibchilik ustaxonasi asos bo‘lgan, desak xato bo‘lmaydi. U yerda Ahmadjonning ukasi Nosirjon Hojimirzayev hususiy tadbirkor maqomida hunarmandlik qilar edi. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik faoliyati har tomonlama qo‘llab-quvvatlanayotgani, import o‘rnini bosuvchi va eksportbop mahsulotlar ishlab chiqarishni rag‘batlantirish yo‘lida yaratilayotgan keng imkoniyat va imtiyozlardan ruhlangan Nosirjon 2008-yilda “Dambog‘ poyabzal savdo” korxonasini tashkil qilgan edi. Qisqa vaqt mobaynida mazkur korxona sifatli mahsulotlari bilan mamlakatimiz bozorida o‘z o‘rnini topdi. U yerda ishlab, tajriba orttirgan Ahmadjon ham shunday biznes loyihaga qo‘l urdi. Qarabsizki, oradan ikki yil o‘tar-o‘tmay, poyabzal tayyorlashga ixtisoslashgan yana bir kichik biznes subyekti – “Diplomat poyabzal sanoat savdo” o‘z faoliyatini boshladi.

– Yurtimizda tadbirkorlik faoliyati uchun yaratilgan keng imkoniyatlar ishbilarmonlik qobiliyati bor kishi uchun o‘z salohiyatini ro‘yobga chiqarishda katta dalda bo‘lmoqda, – deydi A.Hojimirzayev. – Buni o‘z hayotiy tajribamda sinab, qat’iy ishonch hosil qildim. Ilgari shunday korxona egasi bo‘lishimni tasavvur ham qilolmasdim.

Korxonada dastlab 6 kishi ish bilan ta’minlangan va 5-6 turdagi erkaklar tuflilari ishlab chiqarilgan. O‘tgan qisqa vaqtda tadbirkor sex uchun olgan eski binosini korxona daromadi hisobidan zamonaviy andozada rekonstruksiya qilish, ofis, ishlovchilar uchun oshxona, qo‘shimcha tikuv sexi, omborxona, maxsus savdo do‘koni qurish kabi ko‘plab loyihalarni amalga oshirdi. Rossiya va Xitoy davlatlaridan eng ilg‘or texnologiya va dastgohlar keltirilib, ishlab chiqarish modernizatsiyalashtirildi.

Hozir korxonada 20 dan ziyod kishi muqim ish bilan ta’minlangan. Jamoaning ko‘pchiligini kasb-hunar kollejlarini bitirgan yoshlar tashkil qiladi. Korxonadagi ustoz-shogird an’anasiga ko‘ra, shu sohaga qiziqqan yoshlar maktab, kollejdagi o‘qishdan bo‘sh vaqtlarida malakali ustalardan hunar sirlarini o‘rganib, xususiy tadbirkorlik yo‘nalishida ish boshlamoqda.

“Diplomat poyabzal sanoat savdo”da tayyorlanayotgan mavsumbop yuqori sifatli, xushbichim poyabzallarning turi 60 dan oshib ketdi. Ishlab chiqarish hajmi ham tobora o‘sib borayotir. O‘tgan yilda mazkur korxona tomonidan 800 million so‘mlikka yaqin mahsulot ishlab chiqarilib, ichki bozorga yetkazib berildi.

– Mahsulotimizni eksportga chiqarish ustida izlanishlar olib bormoqdamiz, – deydi A.Hojimirzayev. – Qozog‘iston, Tojikiston, Qirg‘iziston tadbirkorlari bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha ishlar boshlangan. Bu borada mahsulot sifati muhim ahamiyat kasb etishini hisobga olib, tegishli loyihalarni amalga oshirish uchun “Asaka” bankning 200 million so‘m kredit mablag‘idan aylanma mablag‘ sifatida foydalanib kelayapmiz. Prezidentimizning 2016-yil 5-oktabrdagi “Tadbirkorlik faoliyatining jadal rivojlanishini ta’minlashga, xususiy mulkni har tomonlama himoya qilishga va ishbilarmonlik muhitini sifat jihatidan yaxshilashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmoni faoliyatimizni rivojlantirish imkoniyatini yanada kengaytirmoqda.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Bejirim poyabzallar