Bayramga munosib tuhfa
Konstitutsiyamiz qabul qilinganining 22-yilligi munosabati bilan Qoraqalpog‘iston Respublikasida ham turli ijtimoiy obyekt inshootlari, namunaviy loyihalar asosida qurilayotgan uy-joylar foydalanishga topshirildi.
Konstitutsiyamiz qabul qilinganining 22-yilligi munosabati bilan Qoraqalpog‘iston Respublikasida ham turli ijtimoiy obyekt inshootlari, namunaviy loyihalar asosida qurilayotgan uy-joylar foydalanishga topshirildi.Prezidentimizning 2009-yil 3-avgustda qabul qilingan “Qishloq joylarda uy-joy qurilishi ko‘lamini kengaytirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori asosida chekka ovullarda namunaviy loyihalar asosida bunyod etilayotgan zamonaviy turar-joylar hudud infratuzilmasini yaxshilash, aholining turmush farovonligini yuksaltirish, qishloq joylarda zamonaviy servis xizmati ko‘rsatishni rivojlantirishga xizmat qilmoqda.
Kegeyli tumanidagi “Oqtuba” hamda “Juzimbaq” ovul fuqarolar yig‘inlarida o‘tgan yili qurilib, foydalanishga topshirilgan ana shunday yigirma besh turar-joy qatoriga bu yil yana o‘ttiztasi qo‘shildi.
– Qurilish ashyolari Nukus shahri, Amudaryo, Chimboy va Qorao‘zak tumanlaridan shartnoma asosida uzluksiz keltirilgani ishning yuqori sur’atlarda borishini ta’minladi, – deydi tuman hokimi o‘rinbosari Paraxat Qulimov. – Konstitutsiyamiz bayrami arafasida Oqtuba ovulida yigirmata, Juzimbaq ovulida o‘nta xonadonda hovli to‘ylari nishonlandi.