Aholini boshlang‘ich sarmoya bilan ta’minlash, biznes g‘oya hamda uni rejalashtirish bo‘yicha bilim va ko‘nikmasini oshirish kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishning muhim omili hisoblanadi.

Aholini boshlang‘ich sarmoya bilan ta’minlash, biznes g‘oya hamda uni rejalashtirish bo‘yicha bilim va ko‘nikmasini oshirish kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishning muhim omili hisoblanadi. Ushbu yo‘nalishlar mamlakatimiz tijorat banklarida tashkil etilgan aholi bilan ishlash bo‘limlarining ustuvor vazifalari etib belgilangan.

«O‘zsanoatqurilishbank» aksiyadorlik tijorat banki tomonidan aholini tadbirkorlik faoliyatiga keng jalb qilish borasida amalga oshirilayotgan ishlarga bag‘ishlab o‘tkazilgan matbuot anjumanida bu alohida qayd etildi.

Mazkur yo‘nalishda bankning barcha filiallarida aholi bilan ish olib boradigan 44 bo‘lim tashkil etilib, ularga 170 nafar malakali xodim ishga olingan.

Bank tomonidan kredit ajratish shartlari va namunaviy biznes loyihalarini aholi o‘rtasida keng targ‘ib qilish uchun ommaviy axborot vositalarida reklama roliklari namoyish etilmoqda. Maslahat markazlari, mahallalarda targ‘ibot stendlari tashkil etilgan. Bank xodimlari 440 ming xonadonda bo‘lib, ushbu oilalar a’zolarining tadbirkorlik faoliyatiga qiziqishi va imkoniyatlarini o‘rgangan. 362 mahallada seminarlar o‘tkazilgan.

37 ming 327 xonadon tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish istagini bildirgan. 15 ming 334 xonadonga 105 milliard so‘mlik imtiyozli mikrokreditlar ajratilgan. Natijada 18 ming 322 ish o‘rni yaratilgan.

Davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyevning shu yil 17-martdagi «Tadbirkorlik subyektlari va keng aholi qatlamiga mikrokreditlar ajratish tizimini yanada soddalashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori bu boradagi ishlarni yangi bosqichga olib chiqdi.

Endilikda yangi ro‘yxatdan o‘tgan yakka tartibdagi tadbirkorlar va oilaviy tadbirkorlik subyektlariga faoliyatini amalga oshirish uchun olingan tovarlarni garov sifatida hisobga olgan holda eng kam ish haqining 20 barobarigacha yoki mahalla fuqarolar yig‘ini kafilligi asosida eng kam ish haqining 60 barobarigacha miqdorda mikrokreditlar ajratiladi.

Yangi ro‘yxatdan o‘tgan yakka tartibdagi tadbirkorlar va oilaviy tadbirkorlik subyektlari mazkur mikrokreditlarni rasmiylashtirgandan so‘ng 6 oy muddatga qat’iy belgilangan soliq to‘lovlaridan ozod etiladi.

Joylardagi davlat hokimiyati organlari, manfaatdor vazirliklar va idoralar, xo‘jalik birlashmalariga tijorat banklari krediti hisobidan sotib olinadigan qoramol, qo‘y-echki, quyon, parranda, baliq, asalari uyasi, mevali daraxt va tok ko‘chatlari, urug‘, mineral o‘g‘it, o‘simliklarni kimyoviy himoya qilish vositalari, maishiy texnika, qurilish materiallari va boshqa tovarlarni hech qanday cheklovlarsiz naqd pulsiz hisob-kitob yo‘li bilan yetkazib berishni tashkil etishga ko‘maklashish vazifasi topshirildi. Bir oy muddatda hududdagi joriy holatni tanqidiy tahlil qilish asosida qishloq xo‘jaligi tovarlari, maishiy texnika, qurilish materiallari va boshqa turdagi mahsulotlar yetkazib berishga ixtisoslashtirilgan xo‘jalik subyektlari tashkil etiladi.

Tadbirda jurnalistlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldi.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Banklarda aholi bilan ishlaydigan bo‘limlar tashkil etilmoqda