Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

15.08.2017 16:56 Chop etish versiyasi

Banklar tadbirkor xotin-qizlarga xayrixoh

Poytaxtimizda O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi va BMT Taraqqiyot dasturi hamkorligida tashkil etilgan "O‘zbekiston biznes-forumi" qo‘shma loyihasi ishtirokchilari kreditlash jarayoniga kompleks yondashuvni joriy etish, mikrokreditlashda banklarning genderli ta’sirchan siyosatini ishlab chiqish hamda amalga oshirishga doir ilg‘or xalqaro tajriba bilan tanishdi.

Mazkur loyiha onlayn xizmatlarni joriy etish, normativ-huquqiy bazani takomillashtirish, inklyuziv biznes-modellarni rivojlantirish va targ‘ib qilish, biznes yuritish sharoitlarini yanada yaxshilashga yo‘naltirilgani bilan ahamiyatlidir.

O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi tahliliga ko‘ra, mamlakatimizda faoliyat yuritayotgan tadbirkorlarning taxminan 10 foizini xotin-qizlar tashkil etadi. Bu esa ushbu yo‘nalishda qilinishi kerak bo‘lgan ishlar ko‘lami naqadar kengligidan dalolat beradi.

– Bugungi kunda xotin-qizlar boshqarayotgan kichik korxonalar qariyb 120 mingtani tashkil qilmoqda, shundan 4,5 mingtasi fermer xo‘jaliklaridir, – deydi O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi vakili Gulmira Tleuova. – Ayollar tadbirkorligi – bu iqtisodiyotimiz uchun istiqbolli yo‘nalish hisoblanadi. Xotin-qizlarning o‘z loyihalarini amalga oshirishi uchun boshlang‘ich kapital bilan ta’minlashga ko‘maklashish, ularning biznes yuritish sohasidagi bilim va ko‘nikmalarini boyitish samaradorlikka erishishda muhim ahamiyatga ega.

Tadbirda mamlakatimizda tadbirkorlik faoliyati uchun yaratilgan keng imkoniyatlar, huquqiy, moliyaviy va boshqa yo‘nalishlardagi xizmat ko‘rsatish tizimlari haqida ma’lumotlar berildi.

Sayyora Shoyeva, O‘zA
2 040






Все о погоде - Pogoda.uz