Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

03.03.2017 14:02 Chop etish versiyasi

Bank xodimlari Harakatlar strategiyasini o‘rganmoqda

«Qishloq qurilish bank» aksiyadorlik tijorat bankida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 7-fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida”gi farmoni ijrosini ta’minlash bo‘yicha dolzarb vazifalarga bag‘ishlangan anjuman bo‘lib o‘tdi.

«Qishloq qurilish bank» tijorat banki raisining birinchi o‘rinbosari A.Eshonqulov, O‘zbekiston Fanlar akademiyasi akademiklari A.Asqarov, R.Mo‘minov, S.G‘ulomov va boshqalar ushbu farmon iqtisodiyotni rivojlantirish va liberallashtirishning ustuvor yo‘nalishlarini belgilashda yangi bosqichni boshlab berganini alohida ta’kidladi.

Besh yilga mo‘ljallangan mazkur tarixiy ahamiyatga ega hujjatning uchinchi yo‘nalishida xususiy mulkning huquq va kafolatlarini ishonchli himoyalashni ta’minlash, barcha turdagi to‘siqlar hamda cheklashlarni bartaraf etish, ishbilarmonlikni rivojlantirishga to‘liq erkinlik berishga alohida ahamiyat qaratilgani e’tiborga molik. Bank faoliyatini tartibga solishning zamonaviy prinsiplari va mexanizmlarini joriy etish, yetakchi ishlab chiqarish tarmoqlarini modernizatsiya va faol diversifikatsiya qilish, moliya-bank sohasini isloh etish, xususan, milliy valyuta va narxlarning barqarorligini ta’minlash bo‘yicha ko‘zda tutilgan chora-tadbirlar bu boradagi islohotlar izchilligiga xizmat qiladi.

Moliya-bank tizimini rivojlantirish bo‘yicha ishlab chiqilgan maqsadli parametrlarda 2017-2021-yillarda banklar kapitalini 2, depozitlar hajmini 2,1 barobar oshirish rejalashtirilgan. Banklar kapitalining ortishi va resurs bazasini mustahkamlash investitsiya kreditlari hajmini 1,7 baravar, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlari loyihalarini moliyalashtirishni 2,2 baravar oshirishni ta’minlaydi.

Tadbirda Harakatlar strategiyasini amalga oshirishda mahalliy byudjetlarning daromad bazasini kengaytirish, tashqi iqtisodiy aloqalarni yanada rivojlantirish, eksportga mo‘ljallangan mahsulot va materiallar ishlab chiqarish uchun zamonaviy texnologiyalarni keng joriy etish, transport-logistika infratuzilmasini, tadbirkorlikni rivojlantirish hamda xorijiy investorlar uchun investitsiyaviy jozibadorlikni oshirish, soliq ma’murchiligini yaxshilash, bank faoliyatini tartibga solishning zamonaviy prinsiplari va mexanizmlari to‘g‘risida ma’ruzalar tinglandi.

Sayyora Shoyeva, O‘zA
733






Все о погоде - Pogoda.uz