Mamlakatimizda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni yanada rivojlantirish, soha subyektlari faoliyatini har tomonlama qo‘llab-quvvatlashga alohida e’tibor qaratilmoqda.

"...Tadbirkor nafaqat o‘zini va oilasini, balki xalqni ham, davlatni ham boqadi. Men takror bo‘lsa ham, aytishdan hech qachon charchamayman, ya’ni “Xalq boy bo‘lsa, davlat ham boy va qudratli bo‘ladi”, dedi Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qo‘shma majlisidagi nutqida.

Bank krediti tadbirkorlikni rivojlantirishning asosiy omillaridan biridir. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yilida kichik biznesni qo‘llab-quvvatlashni yanada kengaytirish choralarini ko‘rmoqda. “Oddiy aholini tadbirkorlikka jalb qilish” shiori ostidagi loyiha shulardan biri.

– Bir oydirki, Buxoro viloyatidagi qator tijorat banklari xodimlari shahar va qishloqlarda aholi xonadonlarida bo‘lib, muloqot qilish asnosida ularning tadbirkorlikka qiziqishini o‘rganmoqda, – deydi Markaziy bank Buxoro viloyati bosh boshqarmasi bo‘lim boshlig‘i B.Murodov. – Bunda tadbirkorlikni boshlovchilar uchun chorvachilik, parrandachilik, asalarichilik, qishloq xo‘jalik mahsulotlari yetishtirish, kasanachilik, hunarmandlik, tikuvchilik, sartaroshlik, qandolatchilik kabi 20 dan ziyod yo‘nalish bo‘yicha qulayliklarni o‘z ichiga olgan moliyaviy xizmatlar taklif qilinayotir.

“Agrobank”, O‘zbekiston Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki, “Mikrokreditbank”, “Asakabank”, “Ipotekabank”, “O‘zsanoatqurilishbank” va boshqa moliya muassasalari biznes loyihalari va kredit olish uchun zarur hujjatlarga ega bo‘lgan boshlovchi ishbilarmonlar hujjatlarini o‘rganib, belgilangan tartibda kreditlarni rasmiylashtirmoqda. Zarur hujjatlarga ega bo‘lmaganlarning biznes loyihalari ko‘rib chiqilib, tegishli tushuntirish ishlari olib borilayotir. Namunaviy biznes loyihalar taklif etgan holda, tadbirkorlikni yo‘lga qo‘yish borasida maslahatlar bermoqda.

Bankning mijoz oldiga borib o‘z xizmatini taklif etishi yaxshi samara bermoqda. Masalan, Vobkent tumanidagi “Niyozxo‘ja” mahalla fuqarolar yig‘ini hududida yashovchi Abdumannon Sharipovga chorvachilik faoliyatini yo‘lga qo‘yishi uchun “Ipotekabank” viloyat filialidan 14,9 million so‘m miqdorida imtiyozli kredit ajratildi. Boshlovchi tadbirkor bu sarmoyaga besh bosh qoramol sotib oldi.

Markaziy bank viloyat bosh boshqarmasidan ma’lum qilishlaricha, hozirga qadar 100 dan ziyod boshlovchi tadbirkor bank krediti hisobidan o‘z faoliyatini yo‘lga qo‘ydi.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Bank xodimlari aholi xonadonlarida bo‘lib, ularning tadbirkorlikka qiziqishini o‘rganmoqda