O‘zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasida «Baker Tilly Uzbekistan» kompaniyasi bilan hamkorlikda yangi xalqaro IFRS 9 standartini amaliyotga joriy etish, zamonaviy IT-audit va axborot xavfsizligining dolzarb masalalariga bag‘ishlangan xalqaro davra suhbati o‘tkazildi.

Unda O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki, Banklar assotsiatsiyasi mas’ul xodimlari, «Baker Tilly International» kompaniyalar guruhi vakillari, moliya-kredit tashkilotlarining yetakchi mutaxassislari, tijorat banklari, xorijiy moliya institutlari vakolatxonalari xodimlari, oliy o‘quv yurtlari professor-o‘qituvchilari, ilmiy xodim-izlanuvchilar va magistrantlar ishtirok etdi.

O‘zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasi rektori vazifasini bajaruvchi A.Bekmurodov, «Baker Tilly International» kompaniyalar guruhining Rossiyadagi muvofiqlashtiruv kengashi a’zosi A.Ivanov, «Baker Tilly Uzbekistan» kompaniyasi boshqaruvi raisi O.Daminov va boshqalar bank-moliya sohasiga yangi xalqaro IFRS 9 standartini joriy etish, zamonaviy IT-audit va axborot xavfsizligiga e’tiborni kuchaytirish hamda O‘zbekistonda mazkur tizimni yanada yuksaltirish chora-tadbirlarini ishlab chiqishga doir dolzarb masalalar xususida so‘z yuritdi.

Anjumanda Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning 2017-yil 7-fevraldagi «O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida»gi farmonida ko‘zda tutilgan pul-kredit siyosatini yanada takomillashtirish, milliy valyutaning va ichki bozordagi narxlarning barqarorligini ta’minlash, bank tizimini isloh qilish, banklar depozit bazasining kapitalizatsiyasini chuqurlashtirish va xalqaro iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirish masalalari atroflicha muhokama qilindi.

Mamlakatimizda bank tizimining moliyaviy barqarorligi va ishonchliligini mustahkamlash, istiqbolli investitsion loyihalarni ishlab chiqish va amaliyotga tatbiq etish, yangi turdagi sug‘urta, lizing va boshqa moliyaviy xizmatlar hisobiga kapital hajmini kengaytirish borasida ham keng ko‘lamli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Natijada bank tizimidagi islohotlar va erishilgan ko‘rsatkichlar xorijiy ekspertlar tomonidan yuqori baholanib, O‘zbekiston tajribasi ko‘plab davlatlarning bank-moliya sohasiga keng tatbiq etilmoqda.

– Banklarning investitsiyaviy va moliyaviy barqarorlikni saqlash yo‘lidagi faolligi O‘zbekiston Respublikasi bank tizimi taraqqiyotining ustuvor yo‘nalishi sifatida qaralmoqda, – deydi A.Ivanov. – Zamonaviy axborot texnologiyalarining muntazam taraqqiy etishi va sohaga keng joriy etilishi natijasida bank tizimida ham axborot xavfsizligi muammosi kun tartibida turibdi. Dunyo miqyosida mazkur sohadagi kiber-hujumlar sonining ko‘payishi nafaqat tegishli bank yoki mamlakatning moliyaviy ahvoliga, balki butunjahon integratsiyasiga jiddiy salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda. Bugungi davra suhbatida turli xavf-xatarlarning oldini olish, bank sohasidagi axborot xavfsizligining samarali usullaridan foydalanish bo‘yicha o‘zaro tajriba almashdik.

Anjumanda O‘zbekiston bank-moliya tizimini barqaror rivojlantirish, turli axborot va moliyaviy xatarlarning oldini olish, qulay investitsiyaviy va biznes muhitini yanada rivojlantirish kabi masalalar yuzasidan fikr almashildi. Ilmiy-amaliy taklif va tavsiyalar ishlab chiqildi.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Bank tizimida axborot xavfsizligining dolzarb masalalari muhokama qilindi